• 11-Mavzu; Sinxron mashinalar 1. Umumiy tushunchalar, 3 fazali sinxron mashinalarini tuzilishi
  • 5.2. Sinxron mashinalarning ishlash prinsipi, vazifalari.
  • 1.Noayon qutbli, 2.Ayon qutbli.
  • «elektrotexnika»




    Download 157,43 Kb.
    bet34/44
    Sana19.11.2023
    Hajmi157,43 Kb.
    #101415
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   44
    Bog'liq
    «elektrotexnika»
    2 - Mavzu maqolaga, Mavzu Axborotni Internetdan qidirish turlari. Reja-fayllar.org, Internet tarmogʻi va uning ahamiyati, Ta\'lim muassasalarining axborot-ta\'lim muhiti, Corel draw dasturi imkoniyatlari bilan tanishish, Mavzu word matn muharririda ishlash r e j a, ДАЛОЛАТНОМА Нигина docx, intend dalolatnoma (2), инфо 8-amaliyot, 3-амалий машғулот, cds, True
    Nazorat savollari
    1. Asinxron motor nima? 2. Asinxron dvigatelning tuzilishi qanday?
    3. Dvigatelni quvvati nima? 4. Elektrodvigatellarning ishlash printsipi qanday?
    5. Dvigatellarning qanday turlarini bilasiz? 6. ADni qanday parametrlarini bilasiz?
    7. Uni quvvat koeffitsenti qanday bo`ladi? 8. ADni tezligini qanday rostlash mumkin?
    11-Mavzu; Sinxron mashinalar


    1. Umumiy tushunchalar, 3 fazali sinxron mashinalarini tuzilishi
    Sinxron mashinalar elektr energiyasi hosil qiluvchi generatorlar, dvigatellar va reaktiv quvvat kompensatorlari sifatida ko`p qo`laniladi. Barcha elektr mashinalari singari u ham qaytuvchanlik hossasiga ega. Bu dvigatelni ham 1889–91 yillarda M.O.Dolivo–Dobrovolskiy tomonidan o`zgaruvchan tok tizimlari yaratilgandan so`ng kashf qilingan. Sinxron mashinalar asosan barcha elektrostantsiyalarda uch fazali generatorlar sifatida ishlatilib kelinmoqda: Zamonaviy issiqlik elektrostantsiyalarda quvvati 800 kVA va undan ortiq bo`lgan generatorlar o`rnatilgan. Gidravlik elektrostantsiyalardagi generatorlarning quvvati bir–muncha kam bo`lib, 500–600 kVA ni tashkil qiladi. Atom elektrostan-tsiyalarida esa bitta energiya blokining quvvati 1,5 mVA yetadi. Bundan ko`rinib turibdiki atom energoblokining quvvati boshqalarnikiga nisbatan bir necha barobar katta bo`ladi.

    5.2. Sinxron mashinalarning ishlash prinsipi, vazifalari.
    O`zgaruvchan tok dvigatellari qo`zgalmas stator va aylanuvchi rotordan iborat. Sinxron dvigatellarni rotor chulgamiga o`zgarmas tok beriladi: Bu elektrodvigatellarni stator chulg’amlarida esa o`zgaruvchan, EYuK induktsiyalanadi va o`zgaruvchan tok oqadi. Demak stator va rotor ariqchalarida chulg’amlar joylashgan bo`ladi. Dvigatelni stator chulg’amlari uch fazali tarmoqqa ulanganda aylanuvchi magnit maydoni hosil bo`ladi: Stator chulg’amlaridan oqqan tok hosil qilgan aylanuvchi magnit maydon rotor chulg’amlarini kesib o`tib ularda EYuK induktsiyalaydi, natijada ulardan tok oqadi. Sinxron elektr mashinalari asosan ikki hil bo`ladi. 1.Noayon qutbli, 2.Ayon qutbli.
    Aniq namoyon qutbli–generatorlarning dvigateli sifatida ko`pincha gidravlik turbina
    ishlatiladi. Shuning uchun bunday generatorlar gidrogeneratorlar–deb ataladi. Ularning aylani shlar tezligi 60 dan 750 ayl/min gacha oraliqda bo`ladi. Tezlikning bunday katta farqda o`zgarishi gidrostantsiyalarda suvning bosimi va isrofining turlicha bo`lishi bilan bog’liqdir. Gidrogeneratorlarning qutblarini soni gidroturbinaning tezligiga bog’liq holda bir necha o`ntagacha bo`lishi mumkin. Masalan, turbinaning aylanishlar tezligi 75 ayl/min va standart chastotasi 50 Gts bo`lganda ta juft qutblar bo`ladi.

    1-korpus; 2-stator o`zagi; 3-polyus; 4-stator chulg’amining yon qismi; 5-podshipnik qopqog’i; 6-kontakt xalqasi; 7-val; 8-podshipnik; 9-asos fundamenti; 10-kontakt halqasini qopqog’i; 11-chulg’amga tok o`tkazgich; 12-stator chulg’ami chiqishi; 13-yurgazish chulg’ami sterjnyasi; 14-rotor o`zagi; 15-polyus chulg’ami.


    51-rasm: Sinxron mashinani konstruktsiyasi.
    Yaqqol ko`rinmaydigan–noayon qutbli sinxron mashinalar asosan rotorning aylanishlar
    tezligi ko`p bo`lgan 1500 ayl/min, 3000 ayl/min tezliklarda qo`llaniladi. Bunday mashina rotori konstruktsiyasining qutblari bo`rtib chiqmagan qutb sifatida bo`lib, uyg’otish chulg’amlari joylashtiriladigan pazlar silindrsimon shaklda yasaladi. Yaqqol ko` rinmaydigan qutbli sinxron mashinalarni birlamchi dvigateli sifatida bug’ turbinasi qo`llailadi. Shuning uchun bu generatorlar–turbogeneratorlar deb ataladi. Sinxron dvigatellar quvvati bir–necha 10 000 kVA gacha yaqqol ko`rinmaydigan qutbli qilib ishlab chiqariladi. Yaqqol ko`rinadigan qutbli sinxron mashinalarni tayyorlash texnologiyasi hamda konstruksiyasining mexanik mustaxkamligini ularni aylanishlar tezligi 1000 ayl/min dan kam bo`lgan hollarda qo`llash tavsiya etiladi.
    Sinxron mashinalar ko`pincha generatorlar sifatida ishlatiladi: O`zgaruvchan tok generatorlarini hammasi deyarli istonosiz sinxron mashinalardir: Sinxron elektrodvigatellar asinxron elektrodvigatellarga qaraganda nisbatan kam ishlatiladi. Ular odatda birday quvvatli va bir hil ish rejimidagi asinxron elektr dvigatellariga qaraganda tejamliroq bo`lgan hollardagina ishlatiladi. Katta quvvatli sinxron elektrodvigatellari havo haydovchi nasoslar da, fazalarni siljitish kompensatorlari sifatida va kichik quvvatlilari esa avtomatik boshqarish tizimlarini qismlarini harakatga keltirishda qo`llaniladi.

    Download 157,43 Kb.
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   44




    Download 157,43 Kb.