• Tugun
  • Kirxgovning birinchi qonuni.
  • O`zgarmas tok manbalari va elektr zanjirlari haqida tushuncha




    Download 157,43 Kb.
    bet5/44
    Sana19.11.2023
    Hajmi157,43 Kb.
    #101415
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
    Bog'liq
    «elektrotexnika»

    2.1 O`zgarmas tok manbalari va elektr zanjirlari haqida tushuncha.
    Zanjirdan o`tayotgan tokning yo`nalishi va miqdori vaqt birligi ichida o`zgarmasa u
    o`zgarmas tok deyiladi. Ular asosan o`zgarmas tok generatorlari orqali, yoki o`zgaruvchan toklarni mahsus to`g’rilagichlar orqali to`g’rilab hosil qilinadi. Elektr energiya ste`molchilariga elektr dvigateli, isitish asboblari, yorug’lik va nur manbaaalari kiradi. Iste’molchilarda elektr energiya boshqa tur energiyaga elektrodvigatellarda mexanik energiyaga, isitgichlarda issiqlik energiyasiga, nurlantirish qurilmalarida nurga, yorug’lik
    m anbaaalarida esa yorug’likka aylantiriladi. O`zgarmas tokni hosil qilishda quyidagi 3-rasmda keltirilgan manbaalardan foydalaniladi:
    3-rasm: a)EYuK; b) galvanik elementlar; s) akkumuliatorlar batareyasi; d) termoelementlar; e) fotoelementlar; f) o`zgarmas tok generator.
    Elektr energiya manbaai, elektr iste’molchilari va ulovchi simlardan tuzilgan zanjir elektr zanjiri deyiladi. Elektr zanjiri asosiy elementlariga EYuK manbaaasi, energiya iste’molchilari va elektr energiyani yetkazuvchi simlar kiradi. Elektr zanjirlari tarkibiga nazorat va boshqaruv asboblari, shuningdek o`zgartiruvchi qurilmalar, transformator, to`g’rilagichlar ham kiradi. Elektr zanjirlari tarmoqlanmagan va tarmoqlangan bo`ladi. Tarmoqlangan zanjirlar bir necha shahobchalardan tashkil topgan bo`ladi. Elektr zanjiri qanday tok turida islashiga qarab “o`zgarmas(-)” va “o`zgaruvchan(~)”tok zanjiri deyiladi. Bir necha energiya manbaai va berk konturlardan iborat elektr zanjir murakkab elektr zanjiri deyiladi, ular tarmoq, tugun, konturlar bilan tavsiflanadi. Tarmoq elementlari ketma-ket ulangan hamda, bir hil qiymatdagi tok miqdoriga ega bo`lgan zanjirni bir qismi.

    4-rasm: Oddiy elektr zanjiri a) va prinsipial sxemasi b) manbaaa, iste’molchi, kalit, amptrmetr, ulovchi similar.




    Tugun ikki yoki undan ortiq tarmoqlarni birlashgan nuqtasi. Kontur 1 necha tarmoqlarni
    yig’indisidan iborat bo`lgan berk zanjir. Murakkab zanjirlari hisoblash ishlarini kontur
    toklar, tugun kuchlanishi, ekvivalent generator, ustma-ustlash usullaridan, Om va Kirxgof
    qonunlarini tadbiq qilish asosida amalga oshiriladi. Kirxgovning birinchi qonuni. Tugunlargi kirayotgan va chiqayotgan toklarning algebraik yig’indisi nolga teng. . Kirxgofni ikkinchi qonuni. Elektr zanjirining har qanday yopiq konturida elektr yurituvchi kuchlarni algebraik yig’indisi ayrim qarshiliklardagi kuchlanishlar tushuvining algebraik yigindisiga teng. Om qonuni elektr zanjiriga oid asosiy qonun bo`lib, zanjirdagi tok va kuchlanishni o`zaro qanday nisbatda bog’langanligini ifodalaydi.


    Download 157,43 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




    Download 157,43 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`zgarmas tok manbalari va elektr zanjirlari haqida tushuncha

    Download 157,43 Kb.