|
Academic Research in Educational SciencesBog'liq elektrotexnika-va-elektronika-sohasida-kuch-tiristorlarini-boshqarishda-optoelektronli-elektr-zanjirlar-tadqiqiAcademic Research in Educational Sciences
Volume 4 | Issue 7 | 2023
ISSN: 2181-1385
ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1
13
July, 2023
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal
o‘zining ajoyib xususiyatlari bilan elektron boshqarish apparaturasida yanada ko‘proq
ishlatilmoqda. Optronli elementlarning qo‘llanishi, qo‘shimcha vositalar yordamisiz
kuch tiristorlarining boshqarish tizimidagi boshqaruv zanjirlari va kuch zanjirlarining
elektron yechimlariga imkon beradi.
Optronlar - bu shunday optoelektron uskunalarki, unda bir-biri bilan
konstruktiv bog‘langan foto qabul qiluvchi va nur uzatgich mavjud.
Elektrotexnika va elektronika sohasida optronli uskunalar texnikasi ikki
guruhga bo‘linadi. Ya’ni birinchi guruh - optopara, nur tarqatuvchi va fotoulagich
elementlaridan hamda ikkinchi guruh - optoelektronli integralli mikrosxema-
kuchaytiruvchi uskunalar bir nechta yoki bitta elektronga ulangan bir nechta yoki
bitta optoparadan tashkil topgan.
Konstuktiv tuzilish bo‘yicha optronlar - yarimo‘tkazgich va integral
sxemalardan ajralmaydi. Optoparalar va optoelektronli mikrosxemalar kirish va
chiqish qismlarining aloqasi nurli signallar yordamida bo‘lishi bilan ajralib turadi.
Shuningdek, elektrotexnika va elektronika sohasida optronlarning asosiy
ajraluvchi mohiyatlari quyidagilardan iborat:
- kirish va chiqish signallari orasidagi ideal elektr (galvanik) yechimini
ta’minlab beradi;
- elektron ob’ektlarni kontaktsiz boshqaruvini amalga oshirish imkoniyatini
mavjudligi, boshqaruv tizimini konstruktiv yechimlarining moslanuvchanligi;
- optik kanal bo‘yicha ma’lumotning bir yo‘nalishida tarqalishi va qabul
qiluvchining nur uzatgichga teskari ta’sirining yo‘qligi;
- boshqaruv tizimida signal berishni ta’minlab beruvchi boshqaruv toklarining
kichikligi;
- optron zanjiri bo‘ylab, doimiy va impulsli signalni uzatish imkoniyatining
mavjudligi;
- optik materialga optik kanalning ta’sir etish yo‘li bilan chiqish signalini
boshqarish imkoniyatidan har-xil turdagi datchiklarni ishlab chiqarish mumkinligi;
- foto qabul qiluvchi funksional mikroelektronli uskunalarni ishlab chiqish
imkoniyatini mavjudligi;
-
optronlarni
ishlatishda
optik
kanallarning
kuchli
elektromagnit
maydonlarining ta’sirchanligi;
- boshqa turdagi yarimo‘tkazgichli va mikroelektronli uskunalar bilan
fizikaviy, konstruktiv va texnologik mos keluvchanligi.
Optron galvanik yechim elementi - maksimal kuchlanish
(
U
maks
) va yechimli qarshilik (
R
yechim
) hamda o‘tish sig‘imi (
C
o‘tish
)
bilan tavsiflanadi.
|
| |