Element atomlarida elektronlarning energetikpog`onalar va pogonachalarga taqsimlanishi mavzusini o`qitish metodikasi




Download 2.01 Mb.
bet15/22
Sana15.06.2022
Hajmi2.01 Mb.
#23740
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22
Bog'liq
Element atomlarida elektronlarning energetikpog`onalar va pogona
boshlang-ich-sinflarda-o-qitishning-zamonaviy-axborot-texnologiyalaridan-foydalanish-afzalliklari, Mavzu Avestodagi pedagogik qarashlar Reja I kirish II asosiy q

Elementlar oilasi.


Atomda eayergetik pog`onachalarning elektronlar bilan to’lib borish jarayonida oxirgi elektron qaysi pog`onachaga joylashganligiga bog`lik xolda davriy sistemadagi hamma elementlar 4 ta oilaga (tipga) bo’linadi.
Oxirgi elektronlari s pog`onachaga tushgan elementlarga s-elementlar deb ataladi. Yoki, elektron konfiguratsiyasi s-pog`onachasi bilan tugallanadigan elementlarga s-elementlar oilasi deyiladi. Masalan, 11Na-1s22s22p63s1. .
Vodorod, geliy, ishkoriy, berilliy, magniy va ishqoriy-yer metallari s-oilaga mansub elementlardir.
Davriy sistemada jami 14 ta s-elementlar bor. Elektron konfiguratsiyalari p- pog`onacha bilan tugallanadigan elementlarga p-elementlar oilasi deyiladi. Bu elementlarning oxirgi elektronlari p-pogo`nachada joylashadilar.
Masalan, 33As-1s22s22p63s23p64s23d104p3
p- elementlar oilasiga III, IV, V, VI, VII va VIII bosh guruh ele-mentlari kiradi. Davriy sitemada jamn 30 ta p- elementlar bor.
Elektron konfiguratsiyalari d- pog`onacha bilan tugallanadigan elementlarga d- elementlar oilasi deyiladi. Ushbu oilaga mansub ele-mentlarning oxirgi elektronlari s1- pog`onachada joylashadi.
Masalan, 26Fe-1s22s22p63s23p64s23d6
d - elementlar oilasiga mansub hamma elementlar ko’shimcha (yordamchi) guruhlarda joylashganlar. Davriy sistemada jami 33 ta d- elementlar bo’lib, ularning hammasi metallardir.
Elektron konfiguratsiyalari f-pog`onachalar bilan tugallanadigan elementlarga f- elementlar oilafy deyiladi. Ushbu oilaga mansub ele-mentlarnshg oxirgi elektronlari f- pog`onachada joylashadi.
Masalan, 58Ce-1s22s22p63s23p64s23d104p65s24d105p66s24f2 Davriy sistemada f-elementlar oilasi 2 ga bo’linadi:
4f- elementlar: 58 Ce dan boshlanib 71 Lu bilan tugallanadi. 5f- felementlar: 90Th dan boshlanib 103Lr bilan tugallanadi.
4f- elementlarga lantanidlar deyiladi, chunki ular 57La dan keyin joylashadi ular 14 ta. 5f- elementlarga aktinidlar deyiladi, ular ham 14 ta bo’lib, 89Ac-dan keyin joylashadi.
Jami f-elementlar oilasiga 28 ta elementlar kiradi, ularning hammasi metallardir. f- elementlardan: 93 Np- neptuniydat keyingilari yer qobigida uchramaydi, ular sun’iy usulda olingan. Ularga transuran - urandan keyingi elementlar deynladi.

Download 2.01 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22




Download 2.01 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Element atomlarida elektronlarning energetikpog`onalar va pogonachalarga taqsimlanishi mavzusini o`qitish metodikasi

Download 2.01 Mb.