I-III davr elementlarida elektronlarning energetik pog`onalarda taqsimlanishi




Download 2.01 Mb.
bet16/22
Sana15.06.2022
Hajmi2.01 Mb.
#23740
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22
Bog'liq
Element atomlarida elektronlarning energetikpog`onalar va pogona
boshlang-ich-sinflarda-o-qitishning-zamonaviy-axborot-texnologiyalaridan-foydalanish-afzalliklari, Mavzu Avestodagi pedagogik qarashlar Reja I kirish II asosiy q

I-III davr elementlarida elektronlarning energetik pog`onalarda taqsimlanishi.


Atom elektroneytral zarracha bo’lgani uchun unda elektronlar soni doim protonlar soniga, ya’ni yadro zaryadiga teng bo’lishini ilgari aytib o’tgan edik.
Elektronlarning yadro atrofida aylanishini belgilaydigan kattalik ularning energiyasidir. Elektron yadroga qanchalik yaqin bo’lsa, uning energiya zapasi
shuncha kam, uzoq bo’lsa energiya zapasi ko’p bo’ladi. Shunga muvofiq ular yadroga kuchli va kuchsiz tortilib turadi.
Atom tuzilishning. planetar modeliga muvofiq Yer, Venera, Mars kabi planetalar quyosh atrofida aylangani singari elektronlar ham yadro atrofida maxsus orbitalarda aylanadi. Elektronlar harakatlanadigan orbitalar elektron qavatlar yoki energetik pog`onalar deb ataladi.
Atomda energetik pog`onalar soni elementning qaysi davrda joylashganligiga qarab aniqlanadi. Birinchi davr elementlarida elektron pog`ona bitta, ikkinchi davr elementlarida ikkita, uchinchi davr elementlarida uchta va hokazo.
Energetik pog`onalar oddiy kichik sonlar yoki lotin alifbosining bosh harflari bilan ifodalanadi:

Energetik pog`onalar butun
sonlarda

1

2

3

4

5

6

7

va harflarda

K

L

M

N

O

P

Q

Har bir energetik pog`onada bo’lishi mumkin bo’lgan elektronlarning eng ko’p miqdori N=2n2 formula bo’yicha hisoblanadi. Bunda n - davrning tartib raqami, u bosh kvant soni deb ham ataladi. Masalan, n=1 bo’lganda birinchi energetik pog`onadagi elektronlar soni N=2·12=2 ga teng bo’ladi. n=2 bo’lganda N=2·22=8, n=3 bo’lganda N=2·32=18, n=4 bo’lganda esa N=2·42=32 bo’ladi.


Birinchi elektron pog`onadagi 2 ta elektron bir xil energiya zapasiga ega bo’ladi. Ikkinchi va undan keyingi energetik pog`onalardagi elektronlar bir-biridan energiya zapasi jihatdan ma’lum darajada farq qilganligi uchun har bir pog`onada pog`onachalarni hosil qilib joylashadi.
Pog`onachalar lotin alifbosining kichik harflari bilan belgilanadi. Energetik pog`onachalarning soni bosh kvant soni qiymatiga bog`liq: n=1 bo’lganda, s(es) pog`onacha, n=2 bo’lganda s va p (pe) pog`onachalar, n=3 bo’lganda s, p, d (de) pog`onachalar, n=4 bo’lganda esa s, p, d, va f (ef) pog`onachalar bo’ladi. Har bir pog`onachaning elektron sig`imi (bo’lishi mumkin bo’lgan elektronlarning eng ko’p miqdori) quyidagicha bo’ladi:

Download 2.01 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22




Download 2.01 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I-III davr elementlarida elektronlarning energetik pog`onalarda taqsimlanishi

Download 2.01 Mb.