Energetik ob’ektlarda kuchlanishi 0,4kV gacha jihozlarda yong‘in uchirishni tashkil etishni muhim tomonlari




Download 25.17 Kb.
bet1/3
Sana14.05.2023
Hajmi25.17 Kb.
#59611
  1   2   3
Bog'liq
Energetik ob’ektlarda kuchlanishi 0,4kV gacha jihozlarda yong‘in
Kon mashinasozligi, Kon mexanik va elektrotexnik uskunalarni asosiy ko\'rsatkichlarini aniqlash va hisoblashda komp\'yuter va informatsion texnologiyalar., Ketma-ketlik va uning limiti. O\'zgaruvchan va o\'zgarmas miqdorlar. To\'plamlar va ustida amallar., Yer osti kon lahimlari., Dielеktriklarning elеktr o’tkazuvchanligi., SELLYULOZA, Elektr o\'lchash asboblarini rostlash va ta\'mirlash (P.Ismatullayev va b.), Foydali qazilma konlarini qazib olishda va qayta ishlashda xom-ashyoni kompleks ishlatilishi., O’chirgichlar va yuklama O’chirgichlar montaji.33, Sim va kabellarning ko\'ndalang kesim yuzasini ruxsat etilgan у3

Energetik ob’ektlarda kuchlanishi 0,4kV gacha jihozlarda yong‘in
uchirishni tashkil etishni muhim tomonlari.

Reja :

1 Energetik ob’ektlarda kuchlanishi.

2 yong‘in uchirishni tashkil etishni muhim tomonlari.

Ushbu Qoidalar energetika tashkilotlarining elektr stansiyalari va kichik stansiyalaridagi texnologik uskunalarni ekspluatatsiya qilish sharoitlari inobatga olingan holda ularda yong‘in xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan asosiy talablarni belgilaydi.


Ushbu Qoidalarning talablari energetika tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda — tashkilotlar), shuningdek, ularning asosiy va yordamchi sexlari va inshootlarining texnologik uskunalarini ekspluatatsiya qiluvchi, ta’mirlovchi (rekonstruksiya qiluvchi), sozlovchi va sinovchi, sozlash, qurilish-montaj va boshqa tashkilotlarning barcha boshqaruv xodimlari, ishlab chiqarish xodimlari, texnik xodimlar va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar tarkibiga kiruvchi muhandis-texnik xodimlari (keyingi o‘rinlarda — MTX), ishchi va xizmatchilari uchun majburiydir.
Tashkilotlar rahbarlari yong‘in xavfsizligini ta’minlash uchun mas’uldir.
Tashkilotlarning rahbarlari quyidagilarga majbur:
barcha muhandis-texnik xodimlar, xizmatchilar va ishchilar tomonidan ushbu Qoidalarning o‘rganilishi va bajarilishini tashkil qiladi.
yong‘in-texnik komissiyani (keyingi o‘rinlarda — YOTK) va ko‘ngilli yong‘in o‘chirish drujinalarini (keyingi o‘rinlarda — KYoO‘D) tashkil etish masalasini ko‘rib chiqadi;
obyektlarning yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish bo‘lim va bo‘linmalari hamda ularga tegishli yong‘in-qutqaruv qismlarini, shuningdek, idoraviy yong‘indan saqlash xizmatini tegishli xizmat, maishiy va yordamchi binolar, kerakli yong‘in o‘chirish texnikasi bilan ta’minlaydi;
ishlab chiqarishning yong‘in xavfini pasaytirish hamda yong‘in ro‘y berganda insonlar va moddiy boyliklarning xavfsizligini ta’minlashga yo‘naltirilgan innovatsion texnik yechimlarni ishlab chiqish va joriy etishni ta’minlaydi;
tasdiqlangan chora-tadbirlarning amalga oshirilishiga zarur bo‘lgan mablag‘larni ajratgan holda yong‘in xavfsizligini kuchaytirishga qaratilgan yillik va istiqbolli dasturlarning ishlab chiqilishini, shuningdek, bajarilishini ta’minlaydi;
ushbu Qoidalarga 1-ilovaga muvofiq hududda, ishlab chiqarish binolarida (sexlar, laboratoriyalar, ustaxonalar, omborlar va boshqalarda), shuningdek, ma’muriy va yordamchi xonalarda yong‘inga qarshi qati rejim o‘rnatadi;
tashkilot va pudratchi tashkilotlar xodimlari tomonidan uskunalarni ta’mirlashda, rekonstruksiya qilishda va qurilish-montaj ishlarini olib borishda payvandlash va boshqa yong‘in chiqish xavfi bo‘lgan ishlarni bajarish hamda tashkil qilishda aniq tartiblarni belgilaydi;
har bir ishlab chiqarish uchastkasi va binosi bo‘yicha yong‘in xavfsizligi uchun javobgar shaxslarni tayinlash, jihozlar, yong‘inga qarshi suv ta’minoti, yong‘in haqida avtomatik ravishda xabar berish va o‘chirish qurilmalari, shuningdek, boshqa yong‘in o‘chirish vositalari va yong‘in o‘chirish texnikasining texnik holati, ta’mirlanishi va ularning normal ekspluatatsiya qilinishi yuzasidan doimiy nazoratni ta’minlash uchun sexlar o‘rtasidagi xizmat ko‘rsatish zonalari chegaralarini belgilash, ishlab chiqarish, yordamchi va omborxona binolariga kirish eshiklariga yong‘inga qarshi holat uchun javobgar shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi va telefon raqami, portlab-yonish xavfi bo‘yicha toifasi, Elektr qurilmalarning tuzilishi qoidalari talablariga asosan zonalarning toifalari ko‘rsatilgan yozuvlar o‘rnatilishini ta’minlaydi;
tashkilotning yong‘in xavfsizligi holatini, yong‘inni payqash, signalizatsiya va o‘chirish, suv bilan ta’minlash tizimlari, xabar berish, aloqa va yong‘inga qarshi himoyaning boshqa tizimlari, texnik vositalarning ishga yaroqliligini doimiy tekshirish tartibini o‘rnatadi. Yong‘inga olib kelishi mumkin bo‘lgan kamchiliklarni bartaraf qilish uchun zarur bo‘lgan choralarni ko‘radi;
obyekt bo‘yicha yong‘in xavfsizligi xizmatining jangovar qobiliyatini, u tomondan shartnoma majburiyatlari bajarilishini, shuningdek, KYoO‘Dning jangovar qobiliyatini davriy ravishda tekshiradi va ularning ishlarini yaxshilashga qaratilgan zarur choralar ko‘radi;
ish kunining yakunida MTX tarkibiga kiruvchi javobgar shaxslar tomonidan yordamchi binolarning yong‘inga qarshi holati (ularni yopishdan oldin) ko‘zdan kechirilishi va ko‘zdan kechirish natijalarini tegishli tuzilmaviy bo‘linmaning maxsus jurnaliga yozilishi tartibini aniqlaydi;
elektr energetikasi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan yong‘inga qarshi chora-tadbirlarni, O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda — “O‘zenergoinspeksiya”) va yong‘in xavfsizligi xizmati organlarining yong‘in xavfsizligi masalalari bo‘yicha yozma ko‘rsatmalari bajarilishini ta’minlaydi;
yong‘inga qarshi targ‘ibot tadbirlarini (sex, uchastka va bo‘limlarning yong‘inga qarshi holati bo‘yicha jamoatchilik ko‘riklari, KYoO‘D a’zolarining musobaqalari va tanlovlar) o‘tkazadi;
tasarrufidagi obyektlarda har bir sodir bo‘lgan yong‘in haqida yuqori turuvchi tashkilotga xabar beradi, yong‘inlar sabablari va oqibatlarini o‘rganish uchun tashkilotning tajribali mutaxassislaridan iborat komissiya tayinlash uchun tegishli buyruq va farmoyishlar qabul qiladi hamda yong‘inga qarshi chora-tadbirlarni ishlab chiqadi.
5. Sexlar, laboratoriyalar, bo‘limlar, ustaxonalar va boshqa ishlab chiqarish uchastkalari hamda obyektlari yong‘in xavfsizligi holati uchun ularning rahbarlari, rahbarlari bo‘lmagan vaqtda esa, ularning vazifasini bajaruvchi shaxslar javobgar bo‘ladilar.
6. Tashkilotning tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari, sex, podstansiya, laboratoriya, ustaxona, ombor va boshqa tuzilmalari boshliqlari, shuningdek, yong‘in xavfsizligi uchun javobgar boshqa mansabdor shaxslar quyidagilarga majburdirlar:
ularga ishonib topshirilgan uchastkalarda yong‘inga qarshi belgilangan rejimga rioya etilishini va yong‘in xavfsizligining asosiy talablari, ya’ni hududlarni, bino, inshoot, laboratoriya va xonalarni, avtotransport garajlari, yoqilg‘ini saqlash va tashish inshootlari, chang tayyorlash, issiqlik, energetika qurilmalari, taqsimlash tuzilmalari va omborxonalarning ushbu Qoidalarga 1-ilovadagi talablarga muvofiq saqlanishini, shuningdek, yong‘in xavfsizligini oshiruvchi chora-tadbirlarning belgilangan muddatlarda bajarilishini ta’minlash;
biriktirilgan uchastkalarda yong‘inga qarshi belgilangan tartibga rioya qilinishini, shuningdek, odamlarni xavfsiz evakuatsiya qilish, telefonlar, yong‘in haqida xabar beruvchi qurilmalar va yong‘in o‘chirish vositalari oldiga erkin borish yo‘llarini ta’minlash;
texnologik uskunalarning texnik talablarga va loyihaviy yechimlarga mos ravishda soz va normal ishlashini ta’minlash. Aniqlangan nosozliklar yong‘inga yoki o‘t olishga olib kelishi mumkin bo‘lsa, zudlik bilan ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish;
bo‘ysunuvidagi xodimlarning yong‘in-texnik tayyorgarligini tashkil etish va ulardan yong‘inga qarshi rejimga rioya etishni va belgilangan yong‘in xavfsizligi, ayniqsa, ishlab chiqarish texnologiyasi bo‘yicha majburiyatlarni bajarishni talab qilish;
har bir ish joyi smena davomida ko‘zdan kechirilishi kerak va u yong‘in xavfsizligi qoidalarining buzilishlari mavjud bo‘lganda, ishlarning olib borilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
sex xodimlari va pudratchi tashkilotlar tomonidan ta’mirlash ishlari olib borilganda yong‘in xavfsizligi talablari bajarilishi bo‘yicha nazoratni ta’minlash. Ish yakunlangandan so‘ng ish joylari va xonalarning yig‘ishtirilishi, navbatchi yoritgichlar va texnologik jarayonlarning kechayu-kunduz ishlashini ta’minlaydigan elektr qurilmalaridan tashqari elektr tarmog‘ining uzilishi ustidan nazorat o‘rnatish;
uchastkadagi mavjud yong‘in o‘chirish, aloqa, signalizatsiya vositalarini va yong‘in o‘chirish avtomatikasining turli qurilmalarini ishga yaroqli holatda hamda qo‘llashga doimiy shay holatda saqlash uchun tartib va javobgarlikni belgilash;
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi O‘ta muhim, toifalangan va qo‘riqlanadigan obyektlarda yong‘in xavfsizligi boshqarmasi, obyektlarni yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish bo‘limlari, YOTK va KYoO‘D obyektning yong‘in xavfsizligini ta’minlashga yo‘naltirilgan barcha talablarini o‘z vaqtida bajarish;
yong‘inga xavfliligi xususiyatlari noma’lum bo‘lgan moddalar va materiallar olinganda, ularning yong‘inga xavfliligiga tegishli muassasa hamda tashkilotlar orqali aniqlik kiritilgunga qadar qo‘llashni taqiqlash, bu haqda rahbarlar, mutaxassislar, xizmatchilar va ishchilarga ko‘rsatmalar berish;
ushbu Qoidalar bandlarini obyektdagi har bir buzilishi bo‘yicha uning yuzaga kelishiga imkoniyat yaratib bergan barcha holatlarni aniqlash, bunday holatlarni bartaraf etish va keyinchalik ularga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha kerakli chora-tadbirlarni ishlab chiqishga majburdir.
7. Sex, podstansiya, laboratoriya, ustaxona va omborlarning holatini nazorat qilish tezkor xodimning majburiyatiga kiradi. Tezkor xodim quyidagilarga:
sex xodimlari va pudratchi tashkilotlar tomonidan ta’mirlash ishlarini o‘tkazishda va ish tugagandan keyin yong‘in xafvsizligi talablari bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash, tozalikni nazorat qilish, ish tugagandan keyin elektr tarmog‘ini o‘chirishni, avariyaviy va navbatchi yoritish, xonalarda va uzluksiz texnologik jarayonli uskunalarda yong‘inni aniqlash va o‘chirish tizimlarining ishlashini nazorat qilish;
xodimlarga xavf tug‘diradigan va uskunaning ish rejimini buzuvchi yong‘in, avariya yoki boshqa xavfli omillar yuzaga kelganda zudlik bilan yong‘in bo‘linmalarini chaqirish choralarini ko‘rish, tashkilot rahbariyatini xabardor qilish, yong‘in zonasidagi elektr uskunalarini tokdan uzib qo‘yish, uni o‘chirish va xodimlarni evakuatsiya qilish (zarurat bo‘lganda), shuningdek, uskunaning normal ish rejimini tiklashga majburdir.
8. Ushbu Qoidalar asosida har bir sex, laboratoriya, ustaxona, ombor, ma’muriy binolar va boshqa inshootlar uchun yong‘in xavfsizligi choralari haqida aniq yo‘riqnomalar ishlab chiqilgan bo‘lishi va ular ko‘rinarli joylarga osib qo‘yilishi shart.
9. Yo‘riqnomalar sohadagi yuqori turuvchi energetika xo‘jalik boshqaruvi organlarining tegishli farmoyishlari, obyektning yong‘inga qarshi holatining tahlili asosida, shuningdek, birinchi rahbar o‘zgarganda, davriy ravishda kamida 3 yilda bir marta qayta ko‘rib chiqilishi shart.
10. Tashkilotda davlat standartlari bilan belgilangan xavfsizlik belgilari qo‘llanilishi hamda yong‘inga qarshi rejim plakatlari va alohida talablar osib qo‘yilishi shart.
11. Tashkilotdagi har bir xodim yong‘in xavfsizligining belgilangan qoidalarini, yo‘riqnoma va talablarini aniq bilishi va ularga amal qilishi, o‘zining ish joyida, boshqa xonalarda va tashkilot hududida yong‘inga qarshi tadbirlarni bajarishi, yong‘in sodir bo‘lganda esa zudlik bilan yuqori turuvchi rahbarga yoki tezkor xodimga yong‘in sodir bo‘lgan joy haqida xabar berishi hamda xavfsizlik choralarini ko‘rgan holda mavjud yong‘in o‘chirish vositalari yordamida yong‘inni o‘chirishga kirishishi shart.
12. Ish uchastkasida, sexda yoki tashkilotning boshqa joylarida yong‘in xavfsizligi talablari buzilganda, yong‘in uskunasidan boshqa maqsadda foydalanilganda, tashkilotning har bir ishchisi darhol qonunbuzarni bu haqda ogohlantirishi va yong‘in xavfsizligi uchun javobgar shaxsga yoki tashkilot rahbariga xabar berishi kerak.
13. Ushbu Qoidalarning buzilishida aybdor shaxslar qilgan harakati yoki harakatsizligi tavsifiga va ularning oqibatiga qarab, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq intizomiy, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
14. Ma’muriy yoki ishlab chiqarish binolarini ijaraga berganda yong‘in xavfsizligi qoidalari va me’yorlari talablariga rioya qilish bo‘yicha javobgarlik ushbu binolarni ijaraga olganlarga va tashkilot rahbariga yuklatiladi. Javobgarlik chegarasi ijara shartnomasida belgilangan bo‘lishi shart.

Download 25.17 Kb.
  1   2   3




Download 25.17 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Energetik ob’ektlarda kuchlanishi 0,4kV gacha jihozlarda yong‘in uchirishni tashkil etishni muhim tomonlari

Download 25.17 Kb.