• Bozor ulushi - bozor o‘sishi” matritsasi (portfolio - tahlil).
  • Raqobat matritsasi (Poter)




    Download 35.76 Kb.
    bet8/10
    Sana08.01.2023
    Hajmi35.76 Kb.
    #37744
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    menejment
    Ahmedov Alovuddin, 17, 1.1-ИЛОВА Укув кулланма УЗБ, Yakobian tushunchasi, 1440694295 61563, Заключение xuosa, Миома матки - StudentLib.com
    Raqobat matritsasi (Poter). Amerikalik olim Poter 1975-1980- yillarda o‘sish sur’atini pasayishi va sanoatning ko‘pchilik tarmoqlarning stagnatsiyaga uchrash davrida raqobat strategiyasi konsepsiyasini ishlab chiqdi. Korxona diqqat markazida nafaqat xaridorlar ehtiyojini qondirish, balki bozordagi raqobat kuchlari ham turadi. Poter tomonidan ko'rsatilgan raqobatni harakatga keltiruvchi 5 ta kuch quyidagi 1- rasmda berilgan. M.Poteming tadqiqotlari quyidagi xulosalarga olib keldi: awalo katta bozor ulushiga ega bo‘lgan yirik korxonalar bir tomondan va ikkinchi tomondan, kichik ixtisoslashtirilgan korxonalar talab qilinadigan rentabellik darajasiga erishish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Demak, o‘rta pozitsiya xavfli, bozorda yetakchilik qilishga erishish qobiliyati yoki mablag‘lari yo‘q, barcha korxonalarga o‘z ishini belgilangan segmentda jamlab, raqobatchilarga nisbatan afzalliklami barpo etish tavsiya etiladi. Dastlabki holatning muhim tomonlarini oydinlashtirish, baholash uchun asos raqobat matritsasidagi holatlardan qaysi biri korxonaga ko‘proq manfaat keltirishidir.
    Porter modeli, awalo konsentratsiya, bozorning yetilganlik darajasi va jahon raqobatining intensivligi nuqtayi nazaridan farq qiluvchi bo‘lingan, yosh va yetilgan tarmoqiaming strategiyalarini boshqarish uchun kerak.
    Poter strategiyasining afzalliklari:
    - korxonaning boshqa raqobatchilari kuchli kurash natijasida zarar ko‘ra boshlasa, uncha kam bo‘lmagan xarajatlar bilan ham korxona daromad oladi;
    - xarajatdagi afzallik samaradorligi bo‘yicha ikkinchi sotuvchining qilgan xarajatlariga nisbatan bahoni ortiq tushira olmaydigan kuchli xaridorlardan himoya qiladi;
    - kam xarajatlar mol yetkazib beruvchilarga afzallik yaratadi, baholaming ko‘tarilishi esa yetakchiga kamroq ta’sir qiladi;
    Bozor ulushi - bozor o‘sishi” matritsasi (portfolio - tahlil). Portfolio - tahlil yoki “bozor ulushi - bozor o‘sishi” matritsasi XX asrning 60-yillari so (ngida Amerikaning “Boston konsalting grupp” konsalting firmasi tomonidan ishlab chiqilgan. Bu model, asosan mahsulotning hayot sikliga va tajriba egri chizig‘i kontsepsiyasiga asosangan. Korxona (moliya muhitida kapitalni joylashtirish tahlili bo‘yicha) Portfolio yordamida, ya’ni strategik ishlab chiqarish birliklari yig‘indisi sifatida ta’riflanadi. Strategik ishlab chiqarish birliklari (SIChB) asosan bir-biriga bog‘liq boMmagan boshqa SIChB mahsulotlari yoki Portfolio tahlili bugungi kunda zamonaviy strategiyalami rejalashtirishning eng ko‘p qo‘llaniladigan usullaridan biridir.

    Download 35.76 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 35.76 Kb.