|
Ultratovush yordamida payvandlash
|
bet | 3/7 | Sana | 27.07.2024 | Hajmi | 345,88 Kb. | | #268757 |
Bog'liq bosim ref. 1Ultratovush yordamida payvandlash
Ultratovush tebranishlari ta'sirida amalga oshiriluvchi bosim ostida payvandlash. Metallarni ultratovush yordamida payvandlashda ajralmas birikma biriktiriladigan qismlarni nisbatan kichik (mikrosxemalar va yarim o'tkazgichli asboblar qismlarini biriktirishda Nyutonning o'ndan bir ulushi yoki birligiga teng hamda nisbatan qalin tunukalarni biriktirishda 104 N dari katta bo‘hnagan) kuch bilan siqish va ayni vaqtda tegish (kontakt) joyiga 15-80 kHz chastotali mexanik tebranishlarta'sir ettirish jarayonida hosil bo'ladi. Ultratovush yordamida payvandlashda birikma hosil bo'lishi uchun zarur sharoit biriktirilayotgan qismlarning bir-biriga tegish joy ida mexanik tebranishlar mavjudligi natijasida yuzaga keladi. Tebranish energiyasi murakkab cho'zilish. siqilish va kesilish zo riqilshlarini hosil qiladi. Biriktirilayotgan metallaming egiluvchanlik chegarasidan oshib ketganda ularning tegish joyida plastik deformatsiya sodir boiadi. Plastik defonnatsiya va ultratovuslming ajratuvchi (disperslovchi) ta'siri natijasida turli xil sirtqi pardalar vemiriladi va yo‘qoladi hamda pavvand birikma hosil boiadi. Tegish joyidagi harorat odatda biriktirilayotgan metallar erish haroratining 0,3 - 0,5 qismidan ortiq bo‘lmaydi.
1 – o`zgartkich; 2 – to`lqin o`tkazuvchi bo`g`in; 3 – akustik bo`shatkich; 4 – payvandlash uchligi; 5 – payvandlanayotgan detallar. P≤104 N; ω=15–80 kHz.
Ishqalab payvandlash
Ishqalab payvandlash deb, bir-biriga siqilib turgan va nisbiy harakatda ishtirok etadigan ikkita tanavoming tegish yuzasida hosil bo;luvchi issiqlikdan foydalanish hisobiga amalga oshiriladigan ajralma birikma hosil qilish texnologik jarayoniga avtiladi. Nisbiy harakat uzilganda yoki batamom to‘xtaganda ishqalab payvandlash cho'kichlash kuchini qo'yish bilan nihoyasiga yetkaziladi. Payvand birikma, bosim bilan payvandlashning boshqa usullarida bo'lgani kabi, payvandlanayotgan tanavorlaming bir-biriga tegib turuvchi hajmlari plastik deformatsiyalanishi natijasida \aizaga keladi. bhqalab payvandlashning farqli xususiyati shundan iboratki, bunda is.siqlik ishqalanuvchi yuzalar o'zaro harakatlanganda vujudga kcluvchi ishqalanish kuchlarini yengishga sarflanuvchi islming to'g'ridan-to'g'ri o ‘zgarishi hisobiga hosil bo‘ladi.
Uzluksiz yurgizib ishqalab payvandlash sxemasi:
1 – tormoz; 2 – payvandlanayotgan tanavorlar.
|
| |