|
Termo-kompression payvandlash
|
bet | 6/7 | Sana | 27.07.2024 | Hajmi | 345,88 Kb. | | #268757 |
Bog'liq bosim ref. 1Termo-kompression payvandlash
Payvandlashning bunday turi biriktirilayotgan detallarni qizdirib bosim ostida mikro payvandlashdir. Termo-kompression payvandlash yarim o`tkazgichli mikro uskunalarni va simli o`tkazgichli turli korpusli integral sxemalarni yig`ishda juda keng qo`llaniladi
Qizdirish usuliga nisbatan termokompressiyaning turliligi:
a – faqatgina ishchi stolining qizdirilishi; b – ishchi asbobning qizdirilishi; d – ishchi stol va asbobni baravar qizdirish; 1 – ishchi asbob; 2 – ulanuvchi sim; 3 – yarim o`tkazgichli asbobning kristali; 4 – ishchi stolcha; 5 – qizdirish uchun o`rama sim.
Magnit-impulsli payvandlash – bunda impulsli magnit maydon ta`siri oqibatida hosil bo`lgan payvandlanayotgan qismlarning to`qnashishi hisobiga bajariladi.
1 – uloqtiriladigan detal; 2 – harakatlanmaydigan detal; 3 – induktor-konsentrator; 4 – markazlovchi metall qisqich; ZQ – zaryad qurilmasi; C – kondensator; Z – zaryadsizlantirgich.
Payvandlanayotgan uloqtirilayotgan (1) va harakatsiz (2) detallar tirqish bilan induktorning ishchi hududiga (3), kiritiladi, u C kondensatorlarning quvvatli batareyalaridan tok bilan ta`minlanadi. Kondensatorli batareyalarning zaryadsizlanishida, induktor orqali oquvchi tok tashkil etib turgan muhitda elektormagnit maydon hosil qiladi, u esa o`z navbatida harakatlanuvchi detalga uyurmalangan tok yuboradi. Ikkita bir-biriga yo`naltirilgan toklar to`qnashuvi uloqtirilayotgan detalni harakatga keltiradi, u esa o`z navbatida oniy tezlik bilan harakatsiz detal bilan to`qnash kelmasdan oldin siljib, ularni payvandlanishini sodir etadi.
Nuqtali kontaktli payvandlash
Nuqtali payvandlash kontaktli payvandlashning bir usuli bo‘lib, bunda detallar chegaralangan alohida tegish joylari bo‘yicha (nuqtalar qatori bo‘yicha) payvandlanadi. Nuqtali payvandlashda detallar ustma-ust yig‘ilib, elektr toki manbayi (masalan, payvandlash transformatori) ulangan elektrodlar yordamida Fm kuchi bilan siqiladi. Qisqa muddatli payvandlash toki /pay o‘tganda detallar ulaming o ‘zaro erish zonasi paydo bo‘lguncha qiziydi. Bu zona o‘zak (yadro) deb ataladi. Payvandlash joyi (zonasi) qiziganda detallaming bir-biriga tegish joyida (o‘zak atrofida) metall plastik deformatsiyalanadi. Bu joyda zichlovchi belbog‘ hosil bo‘lib, u suyuq metallni chayqalib to‘kilishdan va atrof havosidan ishonchli tarzda himoyalaydi. Shu bois payvandlash joyini maxsus himoyalash talab qilinmaydi. Tok uzib qo‘yilgandan so‘ng, o'zakning erigan metali tez kristallanadi va biriktirilayotgan detallar orasida metall bog‘lanishlar vujudga keladi. Shunday qilib, nuqtali payvandlashda detallaming birikishi metallning erishi bilan sodir bo‘ladi.
1 – payvandalanyotgan detallar; 2 – elektrodlar; 3 – transformator; 4 – o`zak; 5 – zichlovi belbog`.
|
| |