|
Energetika va mashinasozlik
|
bet | 4/7 | Sana | 27.07.2024 | Hajmi | 345,88 Kb. | | #268757 |
Bog'liq bosim ref. 1Prokatlab payvandlash
Prokatlab payvandlash yo‘li bilan turli vazifalami bajaruvchi ikki va undan ortiq qatlamlar (tarkibiy qismlar)dan tashkil topadigan metall konstruksiyalar hosil qilinadi. Kuch elementi vazifasini bajaruvchi qatlam asosiy qatlam deyiladi. Konstruksiyalarga qo‘yiladigan talablar bilan belgilanuvchi maxsus xossalarga ega bo‘lgan qatlam qoplama qatlam deb ataladi. Qoidaga ko‘ra, asosiy qatlam qoplama qatlamga nisbatan qalinroq bo‘ladi va arzonroq materialdan tayyorlanadi. Payvandlash jarayoni plastik metallardan ko‘p qatlamli materiallar olishda biriktiriladigan materiallami qizdirgan holda (issiq usulda prokatlab payvandlash) va sovuq holatda (sovuqlayin prokatlab payvandlash) amalga oshirilishi mumkin. Prokatlab payvandlash bosim bilan payvandlashning bir turi bo‘lib, bunda payvand birikma o ‘zaro ta’sirlashuv vaqti kam bo‘lgani holda majburi deformatsiyalash sharoitida hosil qilinadi.
1 – valik; 2 – payvandlanayotgan tanavorlar.
2 yoki undan ortiq qatlamli konstryksiya hosil qilinadi.
Portlatib payvandlash
Portlatib payvandlash - bosim bilan payvandlashning portlovchan modda zaryadi portlaganda ajralib chiqadigan energiya ta’sirida amalga oshiriluvchi bir turidir.
Portlatib payvandlashning umumiy sxemasi rasmda keltirilgan. Qo‘zg‘almas plastina (4) va harakatlanuvehi plastina (3) burchak uchidan berilgan h masofada a burchak ostida joylashtirilali. Harakatlanuvehi plastinaga portlovchan modda zaryadi (2) qo‘viladi. Burchak uchiga detonator (1) o ‘matiladi. Payvandlash tayanch (5) (metall, qum) ustida bajariladi. Harakatlanuvehi plastinaning yuzi. qoidaga ko'ra, asosiy plastinaning yuzidan katta boTadi. Portlovchan moddaning tekis zaryadi juda tez portlaganda (detonatsiya) portlash mahsullarining yon tomonga otilish effekti ta'sirini kamaytirish uchun harakatlanuvehi plastina asosiy plastina tepasida osilib turishi zarur.
1 – detonator; 2 – portlovchi modda zaryadi; 3 – harakatlanuvchi qism; 4 – qo`zgalmas qism; 5 – tayanch.
|
| |