Yuqori chastotali tok bilan payvandlash




Download 345,88 Kb.
bet5/7
Sana27.07.2024
Hajmi345,88 Kb.
#268757
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
bosim ref. 1

Yuqori chastotali tok bilan payvandlash , bunda payvandlanadigan yuzalarni qizdirish uchun yuqori chastotali toklardan (YUCHT) foydalaniladi. Bu tok payvandlanayotgan detallarga ikki usulda keltirilishi mumkin:

- payvandlanayotgan detallarni YUCHT manbaiga ulovchi o`tkazgichlar (konduktor) yordamida (energiya uzatishning konduktiv usuli);


- payvandlanayotgan detallarda YUCHT manbaiga ulangan tok o`tkazuvchi o`ram (induktor) yordamida yuqori chastotali tokni induksiyalash evaziga (energiya uzatishning induksion usuli).
O`tkazgichdan yuqori chastotali tok o`tkazilganda o`tkazgichning atrofi va ichida magnit maydoni hosil bo`lib, u elektromagnit induksiyasi qonuniga ko`ra o`tkazgichda o`zinduksiya EYUKni yuzaga keltiradi, bu EYUK ta`minlash manbaining EYUKga qarama-qarshi yo`nalgan bo`ladi.
Bunda ichki tok liniyalariga ta`sir qiladigan o`zinduksiya EYUK sirtqi tok liniyalariga ta`sir etuvchi o`zinduksiya EYUKdan katta bo`ladi. Bu hol o`tkazgichning sirtida tokning zichligi uning ichidagidan kattarok bo`lishiga olib keladi. Bunday notekislik tok chastotasi ortganda, ya`ni o`zinduksiya EYUK miqdori tok chastotasiga mutanosib bo`lganda oshadi. Shunday qilib, tok chastotasi ortishi bilan o`tkazgichning sirtidagi tok miqdori oshib boradi. Bu effekt sirtqi effekt deyiladi.
Sirtqi effekt kuchli namoyon bo`lganda tok o`tkazgichninig markaziy qismidan deyarli oqmaydi, bu esa o`tkazgichning aktiv qarshiligi ortishi va qizish kuchayishiga olib keladi.
Agar yuqori chastotali tokli o`tkazgich (induktor) o`tkazuvchi plastina tepasida joylashtirilsa, plastinadagi tokning eng yuqori zichligi induktor ostida bo`ladi. Plastina sirtidagi tok go`yo induktor ketidan ergashgandek bo`ladi. Bu hodisa payvandlanayotgan jismlarda tokning qayta taqsimlanishini boshqarib turish imkonini beradi va yuqori chastotali tok bilan payvandlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

1 – pavandlanayotgan quvur; 2 – induktor; 3 – magnit o`tkazgich; 4 – payvandlanadigan quvurlarni qotirib qo`yish va cho`kish hosil qilish uchun qismlar.

Download 345,88 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 345,88 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yuqori chastotali tok bilan payvandlash

Download 345,88 Kb.