|
To‘g‘ri simli aloqali ENHAT
|
bet | 16/20 | Sana | 18.01.2024 | Hajmi | 1,96 Mb. | | #140458 |
Bog'liq ENERGIYA TEJAMKORLIKNING XUSUSIY ASOSLARITo‘g‘ri simli aloqali ENHAT
To‘g‘ri simli aloqa qo‘llaniladigan ENHAT sxemasi eng sodda va
eng ko‘p tarqalgan hisoblanadi. Qurilmalarga kam sarf-xarajat bo‘lganda korxona energetigi real vaqt oralig‘ida barcha sexlar va bo‘limlardagi elektr energiya iste’molini kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bunday sxemalar asosan o‘rta va kichik quvvatli korxonalar elektr energiyasini texnik hisobga olishni avtomatlashtirish uchun qo‘llanildi. Hisoblagichlarni kompyuterga ulash RS232/485 adapter orqali standart tashqi ta’sirlardan himoyalangan UTP5cat tarmoq kabeli yordamida amalga oshiriladi. Bunda 32 tagacha hisoblagichlarni bitta guruhda birlashtirish mumkin, liniyaning uzunligi 1200 m gacha, ma’lumotlarni uzatish tezligi 115200 kB/s gacha bo‘lishi mumkin.
Modem aloqali ENHAT
Modem aloqali ENHATni qurishda har doim ham samarali ishlatilmaydigan AIJ hamda elektr energiyasi hisoblagichi atrofida sifatli raqamli telefon liniyasini bo‘lishi ko‘zda tutiladi.
GSM modemli ENHAT
GSM modemlarda ENHATni qurish juda qulay va bu sxemalar oson
ishlatiladi. Bunday sxema AIJ dan hisoblagichlar qanday masofada bo‘lishidan qat’iy nazar, elektr energiyasini hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini yaratish imkoniyatini beradi. “Altair Jr” DT hamda GSM modem o‘rnatilgan istalgan AIJ hisoblagichlaridan ma’lumotlarni olish imkonnini beradi. Shunday qilib, ma’lumotlarni korxona energetigining hamda yuqori pog‘onalardagi AIJlardan ma’lumotlarni olish va tahlil qilish imkoniyati yaratiladi.
Ma’lumotlarni uzatish moduli asosidagi ENHAT
TC-485 ma’lumotlarni uzatish moduli asosidagi ENHATni qurish korxona energetigi lokal AIJdan to‘g‘ri simli aloqali ENHAT bo‘yicha va viloyat energiya ta’minoti korxonasi AIJ dan GSM kanali orqali hisoblagichlarda saqlanayotgan axborotlar to‘g‘risida ma’lumotlarni olish zarur bo‘lgan hollarda optimal yechim hisoblanadi.
Bunday hollarda korxonaga zamonaviy GSM modemlarni sotib olish zarurati va GSM aloqaga sarflarni qilishi kerak bo‘lmaydi.
Bundan tashqari, TC-485 ma’lumotlarni uzatish moduli “Energiya-9” markali hisoblagichlari bilan ishlash uchun moslashtirilgan va qo‘shimcha sozlash ishlarini va DTni talab qilmaydi. Bu esa o‘z navbatida bu sxemadagi ENHATni ishga tushirish xarajatlarini kamaytiradi.
|
| |