O‘zbekiston Respublikasida elektr energetika tarmog‘ini yanada rivojlantirish va isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida




Download 1,96 Mb.
bet2/20
Sana18.01.2024
Hajmi1,96 Mb.
#140458
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
ENERGIYA TEJAMKORLIKNING XUSUSIY ASOSLARI

O‘zbekiston Respublikasida elektr energetika tarmog‘ini yanada rivojlantirish va isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
q a r o r I qabul qilingan edi unga ko’ra
Elektr energetika tarmog‘ining ishonchli faoliyat yuritishini ta’minlamasdan turib iqtisodiyot tarmoqlari va mamlakat hududlarining sanoat salohiyatini oshirish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni rag‘batlantirish, aholi farovonligini yuksaltirish va hayot sifatini yaxshilashga erishib bo‘lmaydi.
Zamonaviy sharoitlarda elektr energetika tarmog‘ida raqobat muhitini rivojlantirish va investitsiyalarni jalb qilish elektr energiyasini ishlab chiqarish va yetkazib berish sohasidagi faoliyatning institutsional va tashkiliy-huquqiy asoslarini tubdan takomillashtirish zarurligini taqozo etmoqda.
Elektr energetika tarmog‘ini isloh qilish bo‘yicha vazifalarning amaliy ijrosini ta’minlash, shuningdek, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy islohotlar konsepsiyasida belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida:
1. Jahon bankining respublika elektr energetika tarmog‘ini boshqarish tizimini takomillashtirish to‘g‘risidagi, shu jumladan, ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirishni nazarda tutuvchi taklifi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining elektr energiyani ishlab chiqarish, yetkazish, taqsimlash va sotishni tashkil etishning zamonaviy uslublariga muvofiq, quyidagilar orqali “O‘zbekenergo” AJni qayta tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin:
a) issiqlik elektr stansiyalari hamda elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqaruvchi elektr markazlarini boshqaruvchi “Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish;
b) “O‘zbekenergo” AJning tugatilayotgan “O‘zelektrtarmoq” UK va “Energosotish” filiali negizida quyidagilarni amalga oshiruvchi “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish:
respublikaning magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish va ularni rivojlantirish;
elektr energiyani respublikaning magistral elektr tarmoqlari orqali yetkazib berish va davlatlararo tranzitni amalga oshirish;
elektr energiyani eksport va import qilish, shuningdek, qo‘shni davlatlarning elektr energetika tizimi bilan hamkorlik qilish;
elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi, shu jumladan, xususiy kapital ishtirokidagi korxonalarni, shuningdek, magistral va hududiy elektr tarmoqlarini yagona operativ-dispetcherlik boshqarish;
elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi, shu jumladan, xususiy kapital ishtirokidagi korxonalardan elektr energiyasini yagona xarid qiluvchi funksiyasini bajarish, shuningdek, elektr energiyani hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga sotish;
v) elektr energiyani yakuniy iste’molchilarga taqsimlovchi va sotuvchi hududiy elektr tarmoqlari korxonalarini boshqarishni amalga oshiruvchi “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish;

O’zbekiston Respublikasi energetika siyosatining asosiy maqsadi IEM sohalarining optimal ishlashi va rivojlanishining mexanizmini shakllantirish va yo’llarini qidirishdan iborat hamda atrof – muhit ekologik xavfsizligini saqlagan holda, rivojlangan Evropa davlatlari yuqori hayot darajasi va sifati standartlariga etishish va raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishni ta`minlaydigan, aholi va iqtisodiyotning barcha sohalarini ishonchli va samarali energiya bilan ta`minlashni texnik amalga oshirishdan iborat.


YOqilg’i energetika majmuasi (YOEM) aholi hayot darajasini ko’tarish va iqtisodiyot ishlashini ta`minlaydigan O’zbekiston Respublikasi halq xo’jaligining eng muhim strukturasini tashkil etuvchisidir. YOEM o’z ichiga energiya tashuvchilarning barcha turlari: gaz, neft va uni qayta ishlash mahsulotlari, qattiq yoqilg’i, elektr va issiqlik energiyalarini qazib olish, uzatish, saqlash, ishlab chiqarish va taqsimlashni oladi. Majmua sohalari respublika halq xo’jaligida muhim o’rin egallaydi.
Elektr energetika – strategik soha bo’lib, uning holati butun davlatning rivojlanish darajasida aks etadi. Hozirda elektr energetika O’zbekiston iqtisodiyotida bir tekis ishlayotgan majmuadir.
O’zbekiston energiya tizimining 2008 yil uchun asosiy ko’rsatkichlari 11.1. jadvalda keltirilgan.



Download 1,96 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Download 1,96 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston Respublikasida elektr energetika tarmog‘ini yanada rivojlantirish va isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida

Download 1,96 Mb.