|
Energiya iste’molini hisobga olishning maqsad va vazifalari
|
bet | 20/20 | Sana | 18.01.2024 | Hajmi | 1,96 Mb. | | #140458 |
Bog'liq ENERGIYA TEJAMKORLIKNING XUSUSIY ASOSLARIEnergiya iste’molini hisobga olishning maqsad va vazifalari
Texnik vositalarga bog‘liq bo‘lmagan energiya resurslari iste’molini nazorat qilish va hisobga olish yordamida quyidagi ikki maqsadga erishish mumkin:
1. Energiya iste’molini real hajmiga muvofiq energiya resurslariga bo‘lgan talabni ta’minlash;
2.Energiya resurslarini ishlab chiqarish va ular bilan bog‘liq boshqa harajatlarni minimallashtirish.
Bu maqsadlarga erishishnig turli yo‘llari mavjudligi sababli energiya resurslariga harajatlarni minimallashtirish masalasini energiya resurslaridan foydalanish hajmini kamaytirmasdan hamda ulardan foydalanish hajmini kamaytirish hisobiga amalga oshirish mumkin.
Nazorat qilish va hisobga olish tizimlarining vazifalari quyidagilardan iborat:
energiya resurslari iste’molini real hajmiga va ularni ishlab chiqarishga bog‘liq bo‘lmagan harajatlarini minimallashtirishga muvofiq, xususan, aniqlilik darajasi yuqori bo‘lgan o‘lchash asboblaridan foydalanish yoki birlamchi ma’lumotlarni yig‘ish uzviyligi hisobiga energiya resurslariga hisoblashlarni ta’minlash maqsadida energiya resurslari iste’moli parametrlarini aniq o‘lchash;
energiya ta’minoti korxonalari subabonentlari bilan moliyaviy hisoblashlar va boshqarish yechimlarini qabul qilish uchun ishlatiladigan ma’lumotlar ishonchliligini oshirish hisobiga ulardan foydalanishni real hajmiga bog‘liq ravishda energiya resurslari iste’moli hisobini ta’minlash maqsadida ma’lumotlar to‘liqligini tahlil qilish;
energiya resurslarini ishlab chiqarish bilan bog‘liq va bog‘liq bo‘lmagan harajatlarni minimallashtirish maqsadida amaldagi tariflar tizimiga asosan korxona, uning ob’ektlari va sexlari bo‘yicha energiya resurslarini kompleks avtomatlashtirilgan tijorat va texnik hisobga olish tizimi yordamida iste’molni nazorat qilish;
energiya resurslari harajatlarini minimallashtirish va energiya ta’minoti xavfsizligini ta’minlash maqsadida berilgan limitlarga nisbatan berilgan vaqt intervallarida (5, 30 minut, zonalar, smenalar, sutkalar, dekadalar, oylar, kvartallar va yillar) quvvat, sarf va haroratni rejimli va texnologik jarayonlar hisobga olish nuqtalarida va ob’yektlarida energiyadan foydalanishni nazorat qilish;
energiya resurslariga harajatlarni minimallashtirish va energiya resurslari nazorat qilinadigan parametrlarining ruxsat etilgan chegaralardan chiqishi tufayli ishlab chiqarish jarayonlarining buzilishidan keyin ularni qayta tiklash maqsadida ham energiyadan foydalanishni va ishlab chiqarish jarayonlarini tahlil qilish uchun energiya resurslari nazorat qilinadigan parametrlarining og‘ishlarini qayd etish, ularni absolyut va nisbiy birliklarda baholash;
operativ yechimlarni qabul qilish hisobiga energiya resurslari ishlab chiqarish harajatlarini minimallashtirish maqsadida nazorat qilinadigan kattaliklarni ruxsat etiladigan qiymatlar oralig‘idan og‘ishlari haqida habar berish (rang, tovush bilan);
energiyadan foydalanishni rejalashtirish hisobiga energiya resurslariga ishlab chiqarish harajatlarini minimallashtirish maqsadida energiyani hisobga olish kattaliklarining parametrlarini oldindan bashorat qilish (qisqa, o‘rta va uzoq muddatili);
inson ishtirokini minimumga keltirish va boshqarish sifatini ta’minlash hisobiga energiya resurslariga ishlab chiqarish harajatlarini minimallashtirish maqsadida ma’lum mezonlar va iste’molchilar-rostlagichlarni ulash/uzish funksiyalarida prioritet sxemalar asosida energiya iste’molini avtomatik boshqarish;
sinxron o‘lchashlarni ta’minlash hisobiga energiya resurslari ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan harajatlarni minimallashtirish maqsadida yagona tizim vaqtini ushlab turish. Ishlab chiqarish korxonalarining ko‘plab amaldagi ENHAT o‘z tuzilmaviy va funksional cheklashlari tufayli ko‘rib chiqilgan masalalarni faqat bir qismini yechadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Ўзбекистон Республкасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар
стратегияси тўғрисида. - Т.:2017 йил 7 февраль, ПФ-4947-сонлиФармони.
2. Ўзбекистон Республикасининг “Энергиядан рационал фойдаланиш
тўғрисида”ги Қонуни. 25-апрель 1997-йил.
3. Ўзбекистон Республикасининг “Электр энергетика тўғрисида”ги Қонуни.
30-сентябрь 2009-йил.
4. Таслимов А.Д., Рисмухамедов Д.А., Рахмонов И.У. Электр таъминоти
тизимида энергия назорати ва ҳисоби фанидан лаборатория ишлари учун
услубий қўлланма. – Т.: ТошДТУ, 2014.
5. Саидходжаев А.Г., Саидходжаева М.А. Энергия тежамкорлик асослари
фанидан амалий ва мустақил ишлар учун услубий қўлланма. .– Т.: ТошДТУ,
2015.
Электрон ресурслар
6. www.gov.uz – Ўзбекистон Республикасининг ҳукумат портали.
7. www.catback.ru– халқаро илмий мақола ва ўқув материаллар сайти.
8. www.google.ru– халқаро ўқув материалларининг қидирув сайти.
9.www.ziyonet.uz– миллий ўқув материалларининг қидирув сайти.
10. www.lex.uz– ЎзРес.Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси.
11. www.catback.ru- научные статьи и учебные материалы.
|
| |