|
Fosfat kislota ishlab chiqarish
|
bet | 2/3 | Sana | 05.01.2024 | Hajmi | 16,57 Kb. | | #130865 | Turi | Referat |
Bog'liq Ergashev alyorjonning kimyoviy texnologiya fanidan tayyorlagan-fayllar.org (1)2. Fosfat kislota ishlab chiqarish
Fosfat kislota asosan ekstraksiya usuli bilan olinadi. Bunda tabiiy fosforitlar mo’l sulfat kislota bilan ishlov beriladi.
Ca5(PO4)3 F + 5H2SO4 + 5nH2O → 5CaSO4• nH2O + 3H3PO4 + HF
Hosil bo'lgan gipsni (fosfogips-parchalanmay qolgan fosfat va CaSO4 aralashmasi) suyuq fazadan filtrlab ajratib tashlanadi. Olingan H3PO4, asosan o'g'it olish uchun va texnik maqsadlarda ishlatiladi. Fosfogipsdan filtrlab ajratilgan fosfat kislota suyuq fazaga o'tgan kremnezyom, sulfatlar, temir va aluminiy fosfatlari va boshqalar bilan ifloslangan bo'ladi. Fosfat kislota ishlab chiqarishda yuqori konsentratsiyali kislota olishga, yaxshi filtrlanadigan yirik kristalli fosfogips olish va ekstraksiya jarayonini tezlashtirishga harakat qilinadi.
Gipsning yirik kristallari 70—80°C harorat va sulfat kislotaning konsentratsiyasi pastroq bo'lganda hosil bo'ladi. Yuqori konsentratsiyali H3PO4 olish va ekstraksiya jarayonini tezlashtirish uchun, 75% li H2SO4, 70—80°C harorat va jadal aralashtirish qo'llaniladi. Jarayon to'xtovsiz boradi.
Bunda kislota konsentratsiyasi 36% dan (P2O5 28—32 %) oshmaydi. Shuning uchun olingan suyuq H3PO4 ning konsentratsiyasi turli yo'llar bilan oshiriladi.
Keyingi yillarda fosfat kislotasi ishlab chiqarishning uch rejimda: digidratli, yarimgidratli va angidritli ekstraksiya usullari ishlab chiqildi. Kislota olish jarayoni sharoitiga: asosan, harorat va H2SO4 ning konsentratsiyasiga qarab kalsiy sulfat turlicha gidratlanadi. Bu uchala rejimlar orasida keng tarqalayotgani yarimgidratli usuldir. Bu usulda konsentrlangan H3PO4 olish imkoniyati tug'iladi. Rossiyada hozirgi paytda ishlab chiqarilayotgan H3PO4 ning 1/4 qismi shu usulda olinmoqda va bu ko'rsatkich oshib bormoqda.
Bunda jarayon digitratli rejimga o'xshaydi, ammo ayrim parametrlari bilan farq qiladi. Masalan, 95—105°C harorat, yuqori konsentratsiyali (93% li) H2SO4 ning qo'llanishi kabilar. Ayniqsa, juda keng tarqalayotgan qurama (yarim-gidrat-digidratli) usul, yuqori konsentratsiyali H3PO4 olish imkoniyatini berish bilan bir qatorda atrof-muhitni zaharlanishini ham bir muncha oldini oladi. 1tonna tabiiy fosfatni H2SO4 bilan qayta ishlaganda 1,6 tonna fosfogips hosil bo'ladi. Undan foydalanish muammosi haligacha to'liq hal qilingan emas. Uni sho'r yerlarni normallashtirish uchun tuproqqa soladilar, undan shuvoq ishlari uchun ganch-alebastr olinadi. Uni termik parchalab sement xomashyosiga hamda SO2 olinib, uni yana H2SO4 ga aylantirish mumkin. Bu foydalanish yo'llari hali to'liq amalga oshgan emas. Uni amalga oshirish iqtisodiy va ekologik nuqtai nazardan muhim vazifadir.
|
| |