• Firmaning marketing muhiti
  • Elektron tijorat
  • Yangi tovarni ishlab chiqish
  • Tovarning raqobatbardoshligi




    Download 3,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet174/195
    Sana10.01.2024
    Hajmi3,14 Mb.
    #134246
    1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   195
    Bog'liq
    1 Ergashxodjaeva Sh J , Qosimova M S , Yusupov M A Marketing

    Tovarning raqobatbardoshligi - 1) aniq ehtiyojni qondirishda bozordagi 
    raqobatchilar tovarlari oldida ustunlikni ta‘minlovchi tovarning sifat va narx 
    tavsifnomalari majmui; 2) tovarning raqobatchi tovarlar bozorida birinchi bo‗lib 
    xarid qilish qobiliyati; 3) tovarni iste‘mol qilish (foydalanish) samarasining uni 
    sotib olish va ekspluatatsiya qilishga sarflanuvchi xarajatlarga (iste‘mol narxi) 
    nisbati; 4) korxonaning milliy va jahon tovar bozorlariga chiqishi maqsadga 
    muvofiqligining muhim ko‗rsatkichi. 
    Firmaning marketing muhiti - firmadan tashqarida faoliyat ko‗rsatuvchi 
    hamda marketing xizmati rahbariyatining maqsadli mijozlar (hamkorlar) bilan 
    muvaffaqiyatli hamkorlik munosabatlari o‗rnatish imkoniyatlariga ta‘sir ko‗rsatish 


    343 
    mumkin bo‗lgan kuchlar va faol sub‘ektlar majmui. Marketing tizimi makro va 
    mikromuhitdan tarkib topadi. 
    Xizmat - 1) bozorga kirib keluvchi, narsa ko‗rinishiga ega bo‗lmaydigan 
    iste‘mol qiymatlari; 2) bir tomon ikkinchisiga ko‗rsatishi mumkin bo‗lgan faoliyat 
    yoki ne‘matlar turi. 
    Elektron tijorat - elektron aloqa vositalari yordamida tovar va xizmatlarni 
    sotish, reklama va marketing tizimi. 
    Eliminatsiya - mavjud mahsulotlarni korxonaning ishlab chiqarish 
    dasturidan chiqarib tashlash; tovar ishlab chiqarishni to‗xtatish; tovarni bozordan 
    raqobatbardoshligi va talabni yo‗qotganligi sababli olib chiqish. Mahsulotni 
    eliminatsiya qilish zarurligini tekshirish uchun savdo hajmi, bozordagi ulushi, 
    hayotiylik davridagi o‗rni, firmaning jami aylanmasidagi ulushi, rentabelligi
    kapital aylanishi va boshqa ko‗rsatkichlar qo‗llanadi. 
    Yangi tovarni ishlab chiqish - korxonaning o‗z kuchi bilan IITKI o‗tkazish 
    asosida original, sifati yaxshilangan va modifikatsiyalangan mahsulotlarni yaratish 
    jarayoni. Bu jarayon odatda g‗oyalarni ishlab chiqish, tanlash, yangi tovar 
    konsepsiyasini ishlab chiqish va uni tekshirish, marketing strategiyasini ishlab 
    chiqish, biznes tahlili, yangi mahsulotni ishlab chiqish, sinov marketingi va 
    tijoratlantirishdan iborat bo‗ladi. 

    Download 3,14 Mb.
    1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   195




    Download 3,14 Mb.
    Pdf ko'rish