339
oldindan ko‗ra bilish. Turli xil tarkibiy qismlarni prognozlashga
asoslangan qisqa
muddatli (1,5) yilgacha, o‗rta muddatli (5 yil) va uzoq muddatli (10-15 yil)
prognozlar mavjud. Taqdim etish shakliga ko‗ra, miqdoriy va sifat prognozlariga,
tadqiqot ob‘ektlarini qamrab olish bo‗yicha umumiy
va qisman prognozlashga
taqsimlanadi.
Raqobat - 1) alohida shaxslar o‗rtasida har biri o‗zi uchun shaxsan erishini
maqsad qilgan bitta yo‗nalishdagi, xususan tadbirkorlar o‗rtasida kattaroq foyda
olish,
savdo bozori, xomashyo manbalari uchun kurash; 2) moddiy va ma‘naviy
ne‘matlar yaratish, sotish va iste‘mol qilish jarayonida bozor tizimi sub‘ektlarining
kommunikatsiyasi, kurashi, o‗zaro
aloqalari iqtisodiy jarayoni; 3) bozor
munosabatlarining tartibga soluvchisi.
Raqobatchilik
muhiti
diagnostikasi
-
marketing
tadqiqotining
raqobatchilar hatti-harakatlarining ichki motivlari haqida to‗liq va aniq tasavvurini
shakllantirish uchun zarur bo‗lgan o‗ziga xos mustaqil bosqichi.
Reklama -1) g‗oya, tovar va xizmatlarni ma‘lum
homiy nomidan taqdim
tatbiq taklif qilishning shaxsiy bo‗lmagan pulli shakli; 2) tovar va xizmatlar sifatini
xaridorlarning talab va ehtiyojlari tiliga o‗girishga intiluvchi kommunikatsiya
shakli.