• Marketing chora-tadbirlarining iqtisodiy samaradorligi
  • Marketingda tarmoq yondashuvi
  • Marketing-miks (marketing majmuasi)
  • Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S




    Download 3,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet168/195
    Sana10.01.2024
    Hajmi3,14 Mb.
    #134246
    1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   195
    Bog'liq
    1 Ergashxodjaeva Sh J , Qosimova M S , Yusupov M A Marketing

    Marketing xarajatlari - tovar va xizmatlarni shakllantirish va takror ishlab 
    chiqarish bo‗yicha marketing chora-tadbirlari va marketing faoliyatini amalga 
    oshirish uchun zarur bo‗lgan sarf va chiqimlar yig‗indisi. Marketing xarajatlarining 
    asosiy tarkibiy qismlari: boshqaruv xarajatlari, marketing bo‗limi xodimlari 
    maoshi, amortizatsion ajratmalar, marketing bo‗limining normal faoliyat 
    ko‗rsatishi uchun zarur bo‗lgan material va resurslar, tovar siyosati, narx siyosati, 
    kommunikativ siyosat, savdo va distributiv siyosat uchun sarflanuvchi xarajatlar. 


    337 
    Marketing chora-tadbirlarining iqtisodiy samaradorligi - 1) marketing 
    chora-tadbirlarini amalga oshirish samarasining (natijasi) buning uchun sarflangan 
    barcha xarajatlar miqdoriga nisbati; 2) marketing majmuasining (marketing-miks) 
    samaradorlik ko‗rsatkichi. Natural va qiymat shaklida o‗lchanadi. 
    Marketingda tarmoq yondashuvi - marketing tizimi sub‘ektlarining 
    nafaqat ikki tomonlama (xaridor va sotuvchi) emas, balki ko‗ptomonlama o‗zaro 
    aloqalari jarayonini aks ettirish konsepsiyasi. Tarmoq yondashuvi na sotuvchilar va 
    na xaridorlar o‗zlariga hamkorni tanlash va ularni almashtirishda erkin emas, 
    chunki resurslar o‗zgarganda ularning bir-biriga qaramligi yuzaga keladi, ya‘ni 
    aloqalar almashuvi buziladi degan fikrni olga suradi. Marketing tarmog‗i a‘zolari 
    o‗rtasida resurslar ayirboshlash «qaramlik» va «xokimlik» manbai hisoblanadi. 
    Marketing tarmog‗i uchta o‗zaro bog‗liq tarkibiy qismdan iborat: ishtirokchilar 
    (firmalar), resurslar va faoliyat turlari. Tarmoq yondashuvi resurslarning turli 
    xilligi va ularni ierarxik nazorat qilishni talab qiladi. 
    Marketing-miks (marketing majmuasi) - 1) marketing tuzilishi; marketing 
    tizimining tarkibiy qismlari, elementlari; marketing tarkib topuvchi jarayonlar; 2) 
    marketing xarajatlari tuzilishi; 3) marketing retsepti; tovar yoki xizmatlarni ishlab 
    chiqaruvchidan iste‘molchiga etkazib berish chora-tadbirlarining majmuaviy 
    dasturi. 

    Download 3,14 Mb.
    1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   195




    Download 3,14 Mb.
    Pdf ko'rish