• Marketing kommunikatsiyalari tizimi
  • Marketing konsepsiyasi
  • Marketing qarori
  • Marketing qarori qabul qilishning samaradorligi
  • Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S




    Download 3,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet164/195
    Sana10.01.2024
    Hajmi3,14 Mb.
    #134246
    1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   195
    Bog'liq
    1 Ergashxodjaeva Sh J , Qosimova M S , Yusupov M A Marketing

    Marketing jarayoni - yangi ehtiyoj va g‗oyalarni izlab topish, tanlash va 
    ularni tovar yoki xizmatga aylantirish, bu tovarlarni izlab chiqish va bozorlarda 
    yoki savdo taqsimot tarmoqlariga sotish bilan bog‗liq harakatlar va bosqichlarning 
    tartibga solingan majmui. 
    Marketing kommunikatsiyalari tizimi - 1) marketing tizimining tashqi 
    muhit bilan o‗zaro aloqalari jarayonida sub‘ektlar (jo‗natuvchi va qabul qiluvchi), 
    vositalar, kanallar, to‗g‗ri (xabar) va teskari (qabul qiluvchining tahriri) aloqalar 
    majmui; 2) insonlar o‗rtasidagi o‗zaro aloqa shakl va vositalari majmui. 
    Marketing konsepsiyasi - 1) bozor munosabati sharoitlarida faoliyat 
    ko‗rsatayotgan firma, tashkilot yoki shaxsning ish yuritish, tadbirkorlikni tashkil 
    etish falsafasi; 2) korxonaning yakuniy maqsadi - daromad olish va iste‘molchilar 
    ehtiyojini qondirish uchun foydalaniluvchi marketing faoliyatining asosiy 
    vositalari, qoida va g‗oyalari tizimi. Atrofdagi aniq holatga, bozor munosabatlari 
    rivojlanish darajasiga qarab an‘anaviy, ishlab chiqarish, savdo, tovar, ijtimoiy va 
    o‗zaro aloqaviy konsepsiyalarini ajratib ko‗rsatish mumkin. 
    Marketing qarori - 1) iste‘molchilarning tovar va xizmatlarga talabini 
    barqaror shakllantirish, rivojlantirish va qondirish uchun zarur bo‗lgan marketing 
    tadbiri yoki tadbirlari majmui variantlar ichidagi tanlash, javob; 2) firma, tovar va 
    xizmatlarning raqobatchilik ustunligini saqlab qolish yoki yaxshilash uchun 
    marketing tizimi sub‘ekt va ob‘ektlariga maqsadli yo‗naltirilgan ta‘sir ko‗rsatish. 
    Marketing qarori qabul qilishning samaradorligi - 1) marketing 
    vazifasini bajarishning ko‗rib chiqilayotgan (kutilayotgan) ko‗plab variantlari 


    334 
    orasidan tanlab olishda iqtisodiy tavakkalchilik narxining natijasi, foydalilik 
    ko‗rsatkichi; 2) marketing vazifasini bajarishning tanlab olingan variantining 
    iqtisodiy samara keltirish qobiliyati. 

    Download 3,14 Mb.
    1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   195




    Download 3,14 Mb.
    Pdf ko'rish