• Marketing modellari
  • Marketing o„zaro aloqalari
  • Marketing operatsiyalari tadqiqoti
  • Marketing majmuasi (marketing - miks)




    Download 3,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet165/195
    Sana10.01.2024
    Hajmi3,14 Mb.
    #134246
    1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   195
    Bog'liq
    1 Ergashxodjaeva Sh J , Qosimova M S , Yusupov M A Marketing

    Marketing majmuasi (marketing - miks) - marketing retsepti, undan 
    foydalanish korxonaga maqsadli bozorlar ehtiyojlarini qondirish va atrof-
    muhitdagi o‗zgarishlarga moslashishda eng yaxshi ko‗rsatkichlarga erishishga 
    imkon beradi. Eng sodda marketing retsepti tovar, narx, savdo va kommunikatsiya 
    siyosati sohasida (4R:Product, Price, Place, Promotion) muvofiqlashtirilgan chora-
    tadbirlar o‗tkazishni talab qiladi. 
    Marketing modellari - 1) foyda olish yoki uni ustirish maqsadida tovar va 
    xizmatlarga talabni yaratish va takror ishlab chiqarish bo‗yicha o‗zaro aloqalar 
    jarayonida marketing tizimi sub‘ektlari xulq-atvorini ko‗rsatish, sifat va sonlar 
    jihatidan aks ettirish shakli; 2) marketing tizimini loyihalashtirish, rejalashtirish, 
    tashkil etish, faoliyat ko‗rsatish va rivojlanishda marketing muhiti va 
    sub‘ektlarining funksional, sabab-oqibat va resurs aloqalarini ifodalovchi va aks 
    ettiruvchi (imitatsiya, regressiya, korrelyasiya va h.k.) modellar majmui; 3) 
    marketing-miks yoki uning tarkibiy qismlari modellari (tovar siyosati modeli, narx 
    hosil bo‗lish modeli, reklama modeli va h.k.). 
    Marketing o„zaro aloqalari - 1) xizmat ko‗rsatish tadbirkorligining tovar 
    hayotiylik davrining har bir bosqichida barcha bozor sub‘ektlari bilan aloqalarni 
    rejalashtirish, tashkil tatbiq boshqarish jarayonida barcha faoliyat turlari va 
    resurslarni qamrab olishga yo‗naltirilgan istiqbolli konsepsiyasi. Mijoz bilan uzoq 
    muddatli o‗zaro munosabatlarga va bitimda ishtirok etuvchi tomonlar maqsadlarini 
    qondirishga yo‗naltirilgan konsepsiya; 2) bajarish mas‘uliyatini taqsimlash va 
    kengaytirish tamoyillari bo‗yicha marketingni tashkil etish usuli. 
    Marketing operatsiyalari tadqiqoti - marketing qarorlarini ishlab chiqish 
    va qabul qilish tizimida foydalaniluvchi usullar (matematik dasturlashtirish, uyinlar 
    nazariyasi, qarorlar nazariyasi, tasvirlarni tanib olish nazariyasi va hokazo) 
    yig‗indisi. 


    335 

    Download 3,14 Mb.
    1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   195




    Download 3,14 Mb.
    Pdf ko'rish