342
chiqarishni chiqarib tashlash (eliminatsiya),
shuningdek, assortiment siyosatidan
iborat.
Tovar strategiyalari - 1) tovar siyosatining
korxonaga tovar hayotiylik
davrining istalgan bosqichida foyda olish va savdo hajmining barqaror bo‗lishini
ta‘minlashi mumkin bo‗lgan asosiy prinsipial yo‗nalishlari. Tovar strategiyasining
asosiy turlari: tovar yoki xizmatlar innovatsiyasi, variatsiyasi, eliminatsiyasi; 2)
tovar nomenklaturasini optimallashtirish yo‗nalishlarini
ishlab chiqish hamda
firmaning samarali faoliyat ko‗rsatishi va raqobatbardoshligini ta‘minlash uchun
sharoitlar yaratuvchi tovarlar assortimentini aniqlash.
Tovarni
bozorda
joylashtirish
-
tovarlarning
bozordagi
raqobatbardoshligini ta‘minlash va mos keluvchi marketing majmuasini ishlab
chiqish uchun amalga oshiriluvchi harakatlar.
Tovarning hayotiylik davri - tovar rivojlanishining uni ishlab chiqishdan to
bozorga olib kirishgacha bo‗lgan asosiy bosqichlarini aks ettiruvchi ma‘lum bir
vaqt davri; sotuvchining har bir bosqichda oluvchi foyda miqdori unga bog‗liq
bo‗ladi. Tovarni sotish va foyda olish jarayonida besh bosqich ajratib ko‗rsatiladi:
tovarni ishlab chiqish (bozorgacha) bosqichi, tovarni bozorga olib kirish (kiritish)
bosqichi, tovarni sotish hajmining o‗sish bosqichi, etuklik (to‗yinganlik) bosqichi,
tovarning susayish bosqichi yoki tovar eliminatsiyasi.