341
qilish imkonini beruvchi telekommunikatsiya vositalari va Internet tarmog‗idan
foydalaniladi.
Tijoratlashtirish - yangi mahsulotni ishlab chiqish bosqichi;
bozorga kirib
borish vaqtini to‗g‗ri tanlash, turli bozorlarda faoliyat ko‗rsatish hajmi va ketma-
ketligi, mahsulotni operativ harakatlantirish va taqsimlash bo‗yicha samarali
usullar, shuningdek, marketing rejasini ishlab chiqish jarayoni.
Tovar - 1) eng umumiy ko‗rinishda bozorda sotiluvchi
mahsulot sifatida
ifodalanishi mumkin bo‗lgan iqtisodiy toifa, oldi-sotdi ob‘ekti; 2) mahsulotning
ma‘lum bir xaridorlar ehtiyojini qondiruvchi asosiy iste‘molchilik
tavsifnomalari
majmui; 3) iste‘molchiga ko‗rsatiladigan, mahsulotni to‗ldiruvchi va uni sotishni
engillashtiruvchi xizmat va imtiyozlar; 4) mahsulotnini urab turuvchi «muhit»
(mahsulot dizayni, sifati, markasi, urovi).
Tovar variatsiyasi - ishlab chiqarilayotgan va bozorda mavjud bo‗lgan
tovarni uning ayrim xususiyatlari yoki ko‗rsatkichlarini o‗zgartirish yo‗li
bilan
modifikatsiyalash. Tovarning tabiiy (materiali, sifati), estetik (dizayni, rangi,
shakli), simvolik (tovar markasining nomi) xususiyatlari va firmaning bo‗linmalari
faoliyati bilan bog‗liq bo‗lgan xususiyatlari o‗zgartirilishi mumkin. Tovar sifatini
yaxshilash, uning foydaliligini oshirish, shakli va stilini
yaxshilash strategiyasi
tovar modifikatsiyasining muhim strategiyasi bo‗lishi mumkin.