336
2) marketing tizimi faoliyatining sifat ko‗rsatkichi; 3)
marketing tizimi
sub‘ektlarining resurslar ayirboshlash jarayonida o‗zaro aloqalari natijaviyligining
kompleks ko‗rsatkichi.
Marketing faoliyati - 1) tadbirkorlik sohasida bajariladigan ishlar va
vazifalar turi; 2) talabni shakllantirish
va takror ishlab chiqarish, firmaning foyda
olishini ta‘minlash maqsadida amalga oshiriluvchi marketing funksiyalari
(marketing
tadqiqotlari, savdo, narxning hosil bo‗lishi, tovarni etkazib berish,
marketing razvedkasi, benchmarketing va h.k.) bilan bog‗liq
faoliyat; 3) bozor
iqtisodiyotida takror ishlab chiqarish zanjirining barcha bo‗g‗inlarida marketing
vositalari va falsafasini qo‗llash jarayonini qamrab
oluvchi hamda tovar yoki
xizmat talabni qondirish va foyda keltirish uchun nimani, qaerda, qancha va
qanday qilib ishlab chiqarish lozim degan savollarga
javob berishga imkon
beruvchi har kandan faoliyat.
Marketing faoliyatining iqtisodiy samaradorligi - 1) marketing
faoliyatining oraliq va yakuniy maqsadlarini amalga
oshirishga javob beruvchi
nisbatan ko‗p turli (marketing jarayonining barcha bosqichlari bo‗yicha) natija; 2)
marketing faoliyatini amalga oshirish samarasining (natijasi) bu jarayonda
sarflanuvchi barcha xarajatlarga nisbati; 3) marketing faoliyati bilan bog‗liq
xarajatlar qaytimi, natural yoki qiymat (narx) shaklida
aks ettirilgan natija va
samaraning marketing faoliyatini tashkil tatbiq amalga oshirish uchun zarur
bo‗lgan barcha (moddiy-texnik mehnat va hokazo) resurslarga nisbati yordamida
baholanadi.