|
Marketing majmuasi (marketing - miks) Pdf ko'rish
|
bet | 159/172 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 3,25 Mb. | | #232823 |
Bog'liq Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. SMarketing majmuasi (marketing - miks)
- marketing retsepti, undan
foydalanish korxonaga maqsadli bozorlar ehtiyojlarini qondirish va atrof-muhitdagi
o‘zgarishlarga moslashishda eng yaxshi ko‘rsatkichlarga erishishga imkon beradi.
Eng sodda marketing retsepti tovar, narx, savdo va kommunikatsiya siyosati sohasida
(4R:Product, Price, Place, Promotion) muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlar o‘tkazishni
talab qiladi.
Marketing modellari
- 1) foyda olish yoki uni ustirish maqsadida tovar va
xizmatlarga talabni yaratish va takror ishlab chiqarish bo‘yicha o‘zaro aloqalar
jarayonida marketing tizimi sub’ektlari xulq-atvorini ko‘rsatish, sifat va sonlar
jihatidan aks ettirish shakli; 2) marketing tizimini loyihalashtirish, rejalashtirish,
tashkil etish, faoliyat ko‘rsatish va rivojlanishda marketing muhiti va sub’ektlarining
funksional, sabab-oqibat va resurs aloqalarini ifodalovchi va aks ettiruvchi
(imitatsiya, regressiya, korrelyasiya va h.k.) modellar majmui; 3) marketing-miks
yoki uning tarkibiy qismlari modellari (tovar siyosati modeli, narx hosil bo‘lish
modeli, reklama modeli va h.k.).
Marketing o‘zaro aloqalari
- 1) xizmat ko‘rsatish tadbirkorligining tovar
hayotiylik davrining har bir bosqichida barcha bozor sub’ektlari bilan aloqalarni
rejalashtirish, tashkil tatbiq boshqarish jarayonida barcha faoliyat turlari va
resurslarni qamrab olishga yo‘naltirilgan istiqbolli konsepsiyasi. Mijoz bilan uzoq
muddatli o‘zaro munosabatlarga va bitimda ishtirok etuvchi tomonlar maqsadlarini
qondirishga yo‘naltirilgan konsepsiya; 2) bajarish mas’uliyatini taqsimlash va
kengaytirish tamoyillari bo‘yicha marketingni tashkil etish usuli.
Marketing operatsiyalari tadqiqoti
- marketing qarorlarini ishlab chiqish va
qabul qilish tizimida foydalaniluvchi usullar (matematik dasturlashtirish, uyinlar
nazariyasi, qarorlar nazariyasi, tasvirlarni tanib olish nazariyasi va hokazo) yig‘indisi.
|
| |