• O‘rov (upakovka)
  • Prognozlash (prognoz qilish) usuli
  • Narx hosil bo‘lishi usullari




    Download 3,25 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet164/172
    Sana14.05.2024
    Hajmi3,25 Mb.
    #232823
    1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   172
    Bog'liq
    Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S

    Narx hosil bo‘lishi usullari
    - mahsulot va xizmatlar narxini shakllantirishda 
    qo‘llanuvchi usullar. Xarajatlarga asoslangan, xaridorlar liniyasiga asoslangan va 
    raqobatchilar narxiga asoslangan turlari mavjud. 
    Narx
    siyosati
    - narxni va narx hosil bo‘lishini boshqarish tadbir va 
    strategiyalari, tovar yoki xizmatlarga ishlab chiqarish xarajatlari va bozor 
    kon’yunkturasiga mos keluvchi, xaridorni qondiruvchi va rejalashtirilgan foydani 
    keltiruvchi narx belgilash san’ati. 
    O‘rov (upakovka)
    - 1) tovar solinuvchi, joylashtiriluvchi idish, material. 
    Tovar ishlab chiqarilgandan so‘ng uning xususiyatlarini saqlash hamda yukni 
    tashishda qulaylik yaratish uchun mo‘ljallanadi; 2) muhim reklama manbai. 
    Press-reliz
    - gazeta va jurnallar, tele va radio redaksiyalari ularni 
    qiziqtirayotgan ma’lumotlarni olishi mumkin bo‘lgan byullenten, pablik rileyshnz 
    vositasi. 
    Prognozlash (prognoz qilish) usuli
    - o‘rganilayotgan ob’ektning utmishdagi 
    va hozirgi ma’lumotlarini tahlil qilishga asoslangan ilmiy asoslangan oldindan ko‘ra 
    bilish. Turli xil tarkibiy qismlarni prognozlashga asoslangan qisqa muddatli (1,5) 
    yilgacha, o‘rta muddatli (5 yil) va uzoq muddatli (10-15 yil) prognozlar mavjud. 
    Taqdim etish shakliga ko‘ra, miqdoriy va sifat prognozlariga, tadqiqot ob’ektlarini 
    qamrab olish bo‘yicha umumiy va qisman prognozlashga taqsimlanadi. 
    Raqobat
    - 1) alohida shaxslar o‘rtasida har biri o‘zi uchun shaxsan erishini 
    maqsad qilgan bitta yo‘nalishdagi, xususan tadbirkorlar o‘rtasida kattaroq foyda 
    olish, savdo bozori, xomashyo manbalari uchun kurash; 2) moddiy va ma’naviy 
    ne’matlar yaratish, sotish va iste’mol qilish jarayonida bozor tizimi sub’ektlarining 
    kommunikatsiyasi, kurashi, o‘zaro aloqalari iqtisodiy jarayoni; 3) bozor 
    munosabatlarining tartibga soluvchisi. 


    296 
    Reklama
    -1) g‘oya, tovar va xizmatlarni ma’lum homiy nomidan taqdim tatbiq 
    taklif qilishning shaxsiy bo‘lmagan pulli shakli; 2) tovar va xizmatlar sifatini 
    xaridorlarning talab va ehtiyojlari tiliga o‘girishga intiluvchi kommunikatsiya shakli. 

    Download 3,25 Mb.
    1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   172




    Download 3,25 Mb.
    Pdf ko'rish