|
Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S Pdf ko'rish
|
bet | 166/172 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 3,25 Mb. | | #232823 |
Bog'liq Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. SStrategik rejalashtirish
- firmaning maqsadlari, uning marketing sohasidagi
potensial imkoniyatlari o‘rtasidagi strategik muvozanatni yaratish va qo‘llab-
quvvatlashni boshqarish jarayoni. U firmaning aniq shakllantirilgan dasturi,
qo‘shimcha vazifa va maqsadlarni ifodalash, sog‘lom xo‘jalik portfeli va o‘sish
strategiyasiga asoslanadi.
Talab
- tovar xo‘jaligiga xos bo‘lgan va savdo, ayirboshlash sohasida ko‘zga
tashlanuvchi toifa. Talab bozorda turli xil tovarlar yordamida aks ettirilgan,
iste’molchilarning bir-biridan farq qiluvchi ko‘p sonli ehtiyojlaridan tarkib topuvchi,
doimiy ravishda o‘zgarib turuvchi jamoatchilik ehtiyojlari majmuasini aks ettiradi.
Telemarketing
- marketing turi bo‘lib, uni amalga oshirish potensial
iste’molchilarga tovar va xizmatlarni real va virtual bozorlardan izlash va xarid qilish
imkonini beruvchi telekommunikatsiya vositalari va Internet tarmog‘idan
foydalaniladi.
Tovar
- 1) eng umumiy ko‘rinishda bozorda sotiluvchi mahsulot sifatida
ifodalanishi mumkin bo‘lgan iqtisodiy toifa, oldi-sotdi ob’ekti; 2) mahsulotning
ma’lum bir xaridorlar ehtiyojini qondiruvchi asosiy iste’molchilik tavsifnomalari
majmui; 3) iste’molchiga ko‘rsatiladigan, mahsulotni to‘ldiruvchi va uni sotishni
engillashtiruvchi xizmat va imtiyozlar; 4) mahsulotnini urab turuvchi «muhit»
(mahsulot dizayni, sifati, markasi, urovi).
Tovar
variatsiyasi
- ishlab chiqarilayotgan va bozorda mavjud bo‘lgan tovarni
uning ayrim
xususiyatlari
yoki ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish yo‘li bilan
modifikatsiyalash. Tovarning tabiiy (materiali, sifati), estetik (dizayni, rangi, shakli),
simvolik (tovar markasining nomi) xususiyatlari va firmaning bo‘linmalari faoliyati
bilan bog‘liq bo‘lgan xususiyatlari o‘zgartirilishi mumkin. Tovar sifatini yaxshilash,
uning foydaliligini oshirish, shakli va stilini yaxshilash strategiyasi tovar
modifikatsiyasining muhim strategiyasi bo‘lishi mumkin.
|
| |