• Birinchi davr - «ishlab chiqarishni takomillashtirish konsepsiyasi»
  • Tovarni takomillashtirish konsepsiyasi
  • Keyingi davr «sotishni (tijoratni) faollashtirish konsepsiyasi»
  • -jadval  Marketing konsepsiyasi evolyusiyasi




    Download 3,25 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet25/172
    Sana14.05.2024
    Hajmi3,25 Mb.
    #232823
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   172
    Bog'liq
    Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S

    2.2-jadval 
    Marketing konsepsiyasi evolyusiyasi 
    Yillar 
    Konsepsiya 
    Asosiy g‘oya 
    Asosiy vosita 
    Asosiy maqsadi 
    1860-1920 
    Ishlab 
    chiqarishni 
    takomillashtirish 
    Imkoniyati boricha 
    ishlab chiqarish 
    Tannarx, mehnat 
    unumdorligi 
    Ishlab chiqarishni 
    takomillashtirish, 
    sotish hajmini 
    ustirish 
    1920-1930 
    Tovarni 
    takomillashtirish 
    konsepsiyasi 
    Sifatli tovarlarni 
    ishlab chiqarish 
    Tovar siyosati 
    Iste’mol tovarlari 
    xossalarini 
    takomillashtirish 
    1930-1950 
    Sotishni 
    (tijoratni) 
    takomillashtirish 
    konsepsiyasi 
    Sotish tarmoqlari va 
    kanalini 
    rivojlantirish 
    Sotish siyosati 
    Tovarlar sotish 
    intensifikatsiyasi 
    1960-1980 
    Sof marketing 
    konsepsiyasi 
    Iste’molchiga nima 
    kerak bo‘lsa o‘shani 
    ishlab chiqarish 
    Marketing miks 
    kompleksi, 
    iste’molchini tadqiq 
    qilish 
    Maqsadli bozorni 
    xohish-
    ehtiyojlarini tadqiq 
    etish 
    1980-1995 
    Ijtimoiy 
    yo‘naltirilgan 
    marketing 
    konsepsiyasi 
    Jamiyat talablarini 
    hisobga olgan holda 
    iste’molchiga kerak 
    bo‘lgan tavrlarni 
    ishlab chiqarish 
    Marketing miks 
    kompleksi, ishlab 
    chiqariladigan tovar va 
    xizmat ishlab 
    chiqarish, iste’molchi 
    bilan bog‘liq bulgan 
    ijtimoiy va ekologik 
    oqibatlarni tadqiq etish 
    Maqsadli bozorni 
    xohish-ehtiyojlari-
    ni qondirish 
    1995 
    yildan shu 
    davrgacha 
    Marketingni 
    o‘zaro alokaviy 
    konsepsiyasi 
    Biznes bo‘yicha 
    sheriklar va 
    iste’molchilarni 
    kondiradigan 
    tovarlar ishlab 
    chiqarish 
    Marketing miks 
    kompleksi, 
    integratsiya va 
    tarmoqli taxlil, 
    koordinatsiya uslubi 
    Maqsadli bozorni 
    xohish-
    ehtiyojlarini 
    qondirish 
    Ko‘rsatib o‘tilgan marketing konsepsiyalari har bir mamlakat uchun standart
    norma yoki qoida sifatida ko‘rilmasligi kerak. Marketing evolyusiyasi har qaysi 
    mamlakatda o‘zini xususiyatlari va bozor munosabatlari rivojlanish darajasiga 
    bog‘liq bo‘ladi. Biroq marketingni paydo bo‘lishi bilan bog‘liq jahon tajribasi hamda 
    bozor munosabatlarini rivojlanishi aniq mamlakatlarda tadbirkorlik faoliyatini tatbiq 
    etish bozor munosabatlarini shakllantirishga ishlatilishi mumkin ekanligi foydali 
    hisoblanadi. Bundan tashqari marketingni rivojlanishida mashhur umumiy tendensiya 


    36 
    – e’tiborni tovar ishlab chiqarishdan iste’molchiga, uning xohish va ehtiyojlariga 
    qaratish talab etiladi. 
    Birinchi davr 

    «ishlab chiqarishni takomillashtirish konsepsiyasi»

    «mahsulot ustunligi» tarzida belgilanadi, bunda eng muhim masala yaxshi tovar 
    ishlab chiqarish va uni xaridorga arzon narxlarda sotish deb hisoblanadi. Konsepsiya 
    shiori - «imkoni boricha ko‘proq tovar ishlab chiqar, chunki bozor talabi cheksiz».
    Tovarni takomillashtirish konsepsiyasi
    iste’molchi e’tiborini tovarga, uning 
    sifatiga va narxiga qaratishni talab etadi. Iste’molchilar o‘xshash tovarlarni sifatlarini 
    boshqa firmani shunday tovarlari bilan solishtirib ko‘radilar. Bu konsepsiyani 
    ko‘pincha kompaniya, firma, tashkilotlar, shuningdek, notijorat tashkilotlar ham 
    ushlab turadilar. Biroq tovar konsepsiyasi muvaffaqiyat keltiravermaydi. 
    Keyingi davr «sotishni (tijoratni) faollashtirish konsepsiyasi»
    nomini oldi. 
    Bunda firmaning mahsulotini «mana tovar tayyor, kelavering va savdolashing» shiori 
    bilan sotishni mo‘ljallash birinchi o‘ringa chiqadi. Tovar va savdo marketinggi 
    konsepsiyalari mahsulot ishlab chiqarish hali seriyali, ya’ni yalpi tus olmagan davrda 
    maydonga kelgan edi. Tovarlarning yangi turlari va xillari hisobiga yuqori darajada 
    foyda qo‘lga kiritilar edi, sababi mohiyat e’tibori bilan cheksiz talabga ega bo‘lgan 
    bozorda bu tovarlarga nisbatan talab benihoya katta edi. 
    XX – asrning 50 - yillarida boshqarish konsepsiyasining ilk asosini sotish hajmi, 
    ishlab chiqarish va muomala xarajatlari darajasi, daromad, foyda va boshqa 
    ko‘rsatkichlarni uzoq muddatli o‘zgarishlarini aniqlash tahlil qilindi. SHunga ko‘ra 
    bozordagi ish faoliyatini bir yildan besh yilgacha moslashtirish ko‘zda tutilgan. 
    Marketing rivoji tarixida o‘tgan asrning 50-yillari muhim bosqich bo‘ldi. 
    Ortiqcha mahsulot ishlab chiqarish tangligi ko‘rinib qoldi. Marketing - ishlab 
    chiqarishni bozor talabiga moslashtirish konsepsiyasi, uning asosini iste’molchiga - 
    «bozor ustunligi»ga mo‘ljal olish tashkil etdi. Marketing boshqaruvining bozor 
    konsepsiyasi yanada rivojlandi. 
    Quyidagi 2.3-rasmda sotish va marketing konsepsiyasi berilgan. 


    37 

    Download 3,25 Mb.
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   172




    Download 3,25 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -jadval  Marketing konsepsiyasi evolyusiyasi

    Download 3,25 Mb.
    Pdf ko'rish