50
3-BOB. MARKETINGNING FUNKSIYALARI, VAZIFALARI VA
TAMOYILLARI
3.1. Marketing funksiyalari va uning mazmuni
Marketing konsepsiyasini mazmuni marketing funksiyalarini amalga oshirish
orqali hal etiladi. Marketing funksiyalari quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
•
marketing tadqiqotlari;
•
mahsulot assortimenti ishlab chiqarish sohasini rivojlantirish;
•
sotish va taqsimot funksiyasi;
•
tovarni siljitish;
•
narxni tashkil etish funksiyasi;
•
marketing-menejment funksiyasi.
1. Marketing tadqiqotlari funksiyasida:
•
xalqaro bozorni tahlil etish;
•
sotish bozorini tadqiq etish;
•
iste’molchi ehtiyojlarini tadqiq etish;
•
marketing operatsiyalarini o‘rganish;
•
axborot to‘plash va qayta ishlash;
•
marketing-miks kompleksini tadqiq qilish;
•
raqobatlarni o‘rganish;
•
benchmarking;
•
talabni va sotishni prognoz qilish va boshqalar o‘rganiladi.
Tahliliy funksiyada
tashqi muhit omillari, bozor, uning elementlari va holati,
iste’molchilar,
bozorni tuzilishi, tovar va tovarni tuzilishi,
shuningdek firmaning
ichki muhiti tahlil qilinadi. Bunda firma rahbariyati tomonidan nazorat qilinadigan
omillar-
texnologik jarayon, moliyaviy ahvoli,
tashkiliy tuzilish, bozorni tanlash va
boshqalar hisobga olinadi.
Tashqi muhit omillariga iste’molchilar,
raqobat hukumat, iqtisodiyot,
texnologiya, mustaqil ommaviy axborot vositalari kabi nazorat qilinmaydigan omillar
kiradi.