• MARKETING AXBOROTINI ROLI
  • 1. Tashkilot ichki hisoboti tizimi
  • -rasm. Firmalar faoliyatida marketing axborotini roli




    Download 3,25 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet41/172
    Sana14.05.2024
    Hajmi3,25 Mb.
    #232823
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   172
    Bog'liq
    Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S

    4.1-rasm. Firmalar faoliyatida marketing axborotini roli 
    Marketingni axborot manbalari quyidagilardan iborat: yillik statistik 
    ma’lumotlar; korxona (firma) hisobotlari; tadbirkorlar uyushmasi axborotlari; 
    tarmoqlar axborotlari; birja axborotlari; bank axborotlari; ma’lumotlar to‘plamlari; 
    Tashqi sohani kuzatish 
    Raqobatbardoshlikka 
    erishish 
    Strategiyani 
    koordinatsiyalash 
    MARKETING 
    AXBOROTINI ROLI 
    Faoliyatni baholash 
    Boshqaruv qarorlarini 
    qo‘llab-quvvatlash 


    63 
    sud qarorlari; korxona ma’lumotlari; e’lonlar, prospektlar, kataloglar; tanlov 
    natijalari; aksiya kurslari jadvallari; axborot-tahliliy byulletenlari; radio hamda 
    televidenie yangiliklari; voqealar sharhlari; iqtisodiyot yangiliklari; maxsus kitob va 
    jurnallar; lug‘atlar, ensiklopediyalar; kundalik gazetalar va hokazolar. 
    Yaxshi axborot marketologga yordam beradi: raqobatda ustunlikka erishish 
    imkonini beradi; xavfni va moliyaviy qaltislikni kamaytiradi; iste’molchilar 
    munosabatini belgilaydi; tashqi muhitni kuzatadi; strategiyani tartibga soladi; 
    faoliyatni baholaydi; reklamaga bo‘lgan ishonchni oshiradi; qaror qabul qilishga 
    yordam beradi; fikrni yaxshilaydi; samaradorlikni yaxshilaydi
    Axborotni to‘plash va undan foydalanish jihatlariga ko‘ra axborot tizimini 
    to‘rtta quyi tizimga ajratish mumkin. Bular jumlasiga 1)tashkilot ichki hisobot tizimi, 
    2) marketing tashqi xabarnoma - axborot tizimi, 3) qaror qabul qilishni quvvatlovchi 
    tizim, 4) marketing tadqiqoti tizimi kiradi. Ushbu quyi tizimlarning shakllanishida 
    axborotga bo‘lgan ehtiyoj, zaruriy shakldagi va talabdagi axborotni taqdim etish 
    tartibi va muddati muhim ahamiyat kasb etadi. Ular haqida quyida alohida to‘xtalib 
    o‘tamiz. 
    1. Tashkilot ichki hisoboti tizimi
    muayyan firma faoliyatining joriy xarajatlari, 
    sotuv hajmi, ombordagi mahsulot qoldig‘i, mavjud va kelishi kutilayotgan xaridorlar, 
    ta’minlovchilar ko‘lami va boshqa marketing faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan axborotning 
    o‘z vaqtida jamlanishini, qayta ishlashini va undan foydalanishni nazarda tutadi. 
    Masalan, firma miqyosida ichki hisoboti tizimi quyidagi talablar asosida shakllanadi. 
    Joriy yakunlanayotgan kun so‘ngida firma do‘konidagi savdo zalida har bir tovar 
    guruhi miqyosida qanday zahiralar qoldi, bir kunda sotuv hajmi va qaysi turdagi 
    (assortiment) tovarlar uchun ta’minlovchilarga buyurtma berish kerak va shunga 
    o‘xshash operativ axborot olish zaruriyati paydo bo‘ladi. Bu erda muhim o‘rinni 
    ushbu axborot qay tarzda, qancha vaqt mobaynida yig‘ilishi, umumlashtirilishi 
    egallaydi. Axborot olish tezligi, sifati esa qaror qabul qilishda samarali ahamiyat kasb 
    etadi. Demak, axborotga bo‘lgan ehtiyojni o‘z o‘rnida va aniq belgilash hamda firma 
    faoliyatida undan foydalanish jihatlarini avvalroq belgilab olish lozim.


    64 

    Download 3,25 Mb.
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   172




    Download 3,25 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Firmalar faoliyatida marketing axborotini roli

    Download 3,25 Mb.
    Pdf ko'rish