58
4.
Pasayayotgan talab. Ertami-kechmi, har qanday korxonaning bir yoki bir
necha tovariga bo‘lgan talabning pasayishiga duch keladi. Bu sharoitda
kon’yunkturaning pasayish sabablarini tahlil qilish lozim va yangi maqsadli bozorlar
topish yo‘li bilan, tovar xususiyatlarini o‘zgartirish yoki
yanada samarali aloqalar
(kommunikatsiya) o‘rnatish bilan tovar etkazib berishni rag‘batlantirish mumkinligi
aniqlanadi. Bu erda marketingning vazifasi - pasayib borayotgan talabning oldini
olish uchun, tovarni taklif qilishga ijodiy yondashish lozimligini unutmaslikdir.
5.
Doimiy bo‘lgan talab. Ko‘pchilik korxonalarda tovar etkazib berish
mavsumiy, kundalik va hattoki soatbay tebranishga ega. Bu korxonalarning asosiy
fondlarini kam yoki ko‘p yuklash muammosini tug‘diradi. Masalan,
jamoa
transportining asosiy qismida «tig‘iz vaqtda» yo‘lovchilar haddan ziyod ko‘p bo‘ladi.
Bu vaziyatda marketingning vazifasi - o‘zgaruvchan (egiluvchan) narxlar yordamida,
rag‘batlantirish va boshqa ta’sir qilish usullari orqali talabning vaqt bo‘yicha
tebranishini tekislash yo‘llarini izlashi lozim.
6.
To‘laqonli talab. Bu talab to‘g‘risida tadbirkorlar o‘z savdo tushumlaridan,
foydalaridan to‘liq qoniqish olgan holdagina gapiradilar. Marketing vazifasi
iste’molchilarning tovarni ustun ko‘rishi va raqobatning kuchayishiga qaramasdan
talabning mavjud darajasini ushlab qolishga harakat qilish lozim. Bu sharoitida tovar
sifatini yanada oshirish, unga xizmat ko‘rsatishni
yaxshilash, tovarning iste’molni
qondirish darajasini doimiy nazorat qilish birinchi o‘ringa chiqadi.
7.
Haddan tashqari yuqori bo‘lgan talab. Bozordagi talabni qondirish mumkin
bo‘lgan darajadan talab darajasi yuqori bo‘ladi. Bu holda marketingning vazifasi -
talabning vaqtinchalik yoki doimiy ravishda pasaytirish yo‘lini izlab topishdir. Bu
vaziyatda
narxlarni
ko‘tarish
orqali,
talabni
qisqartirishga
qaratilgan
rag‘batlantirishlar, servisni pasaytirish va boshqa choralar yordamida haddan tashqari
yuqori bo‘lgan talabni kamaytirishga harakat qilinadi. Bu vaziyatda marketingning
maqsadi - talabni butunlay yo‘q qilish emas, balki
faqatgina uning darajasini
pasaytirishdan iborat.
8.
Noratsional talab. Tovarga bo‘lgan talabga qarshi harakat qilish, sog‘liqqa
zararli tovarlarga talabni kamaytirish aniq maqsadli harakatlarni talab qiladi, tamaki
59
mahsulotlari, spirtli ichimliklarning tarqalishiga qarshi turli tadbirlar o‘tkaziladi.
Marketingni vazifasi mahsulot zarari to‘g‘risida ma’lumotlar tarqatish, narxlarni
ko‘tarish va tovarlarga egalik qilishni cheklashlar orqali, iste’molchilarni o‘z
odatlaridan voz kechishga ishontirish.
Shunday qilib, talabning 8 holatiga to‘xtalib o‘tdik. Mana shu holatlarning har
biriga to‘g‘ri keladigan marketing turlari quyidagi rasmda keltirilmoqda.