• 3. Sotish funksiyasi
  • 4. Tovarni siljitish funksiyasi
  • 5. Narxni tashkil etish funksiyasi
  • 6. Marketing-menejment funksiyasi
  • Mahsulot yaratish funksiyasi




    Download 3,25 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet34/172
    Sana14.05.2024
    Hajmi3,25 Mb.
    #232823
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   172
    Bog'liq
    Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S

    2. Mahsulot yaratish funksiyasi
    orqali marketing faoliyatida yangi 
    mahsulotlarni yaratish, yangi mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish, ishlab 
    chiqarish sohasiga tovar raqobatdoshligi va sifatni boshqarish, shuningdek tovar 
    siyosatini ishlab chiqish masalalari hal etiladi. 
    3. Sotish funksiyasi
    orqali tovarni taqsimlash va sotish siyosatini ishlab chiqish, 
    savdo-taqsimot tarmog‘i orqali sotuvni tashkil etish, yuk tashishni va omborga 
    joylashtirishni tashkil etish, tovar aylanmasini aniqlash, taqsimot tizimini fizik 
    oqimlarini nazorat qilish va sotishni tahlil etish o‘rganiladi. 
    4. Tovarni siljitish funksiyasi
    natijasida sotishni rag‘batlantirish va reklama 
    siyosatini ishlab chiqish; sotishni rag‘batlantirishni samarali vositalarini asoslash
    tovarni siljitish to‘g‘risida multimedia texnologiyalarini asoslash; ichki firma 
    reklamasini tashkil etish; sotuv ishlarini rag‘batlantirish; pablik rileyshnzni tashkil 
    qilish va boshqalar to‘liq o‘rganiladi. 
    5. Narxni tashkil etish funksiyasi
    orqali narxni shakllanish strategiyasi va 
    taktikasini ishlab chiqish; sotuvni har bir bozori uchun har bir mahsulot uchun 
    yashash davrini turli bosqichlarida narx matritsasini tuzish; joriy narxlar o‘zgarishi 
    mexanizmini tuzish; raqobatchi narxini tahlil qilish; yangi mahsulot uchun narx 
    belgilash kabilar hal etiladi. 
    6. Marketing-menejment funksiyasi
    esa marketingni boshqarishni tashkil 
    etish; nazorat qilish, marketing xizmatini tashkiliy tuzilishini ishlab chiqish
    marketing faoliyati tizimida boshqaruv qarorlarini optimallashtirish, audit, marketing 
    xizmati faoliyati samaradorligini baholash kabilarni o‘rganadi.
    Marketing funksiyalari firmani boshqa funksiyalari, ya’ni ishlab chiqarish, 
    kadrlar, moddiy texnika ta’minoti, moliyaviy, buxgalteriya hisobi funksiyalari bilan 
    birga amalga oshiriladi. 
    Marketingning funksiyalari xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning boshqa 
    funksiyalaridan farqi shundan iboratki, marketing funksiyalari xo‘jalik yurituvchi 
    sub’ektlar, uning iste’molchilari, mijozlari o‘rtasida ayirboshlash jarayonini amalga 
    oshirish va tashkil etishga qaratilgandir. Shuning uchun ham marketing funksiyalari 


    52 
    doimo o‘zgarib boradigan ehtiyoj hamda talabni shakllanishi, yaratilishi va 
    rivojlanishiga ta’sir etadi. 

    Download 3,25 Mb.
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   172




    Download 3,25 Mb.
    Pdf ko'rish