53
•
tovarlar reklamasini tashkil etish, xaridorlarni
tovarlarni sotib olishga
qiziqishini orttirish;
•
tovar yaratuvchi yoki uni sotuvchi narx tadqiqotlarini amalga oshirish
uchun ma’lumotlar to‘plash va tahlil qilish;
•
tovarni bozorga chiqarishdagi barcha xizmatlar to‘g‘risida ma’lumotlar
olish;
•
to‘ldiruvchi tovarlar va o‘rnini bosuvchi tovarlar to‘g‘risida
axborot
yig‘ish;
•
tovarlarga bo‘lgan talabni istiqbollash, ularni
amalga oshirishni nazorat
qilishdan iboratdir.
Marketingni bosh vazifasi korxonaning mavjud va potensial imkoniyatlarini
baholash va amalga oshirish hamda bozorda talab va
taklifni muvofiqlashtirish
maqsadida imkoniyatlarni aniqlashdan iborat.
Marketing yoki tadbirkorlik faoliyati aniq natijaga erishish maqsadida amalga
oshiriladi. Marketingni asosiy maqsadlari firmaning asosiy maqsadlari bilan o‘zaro
aloqadordir.