45
marketologlar
korxonaning
foyda
olishini,
iste’molchilarning ehtiyojlarini
qondirishni va jamiyat qiziqishlari o‘rtasida o‘zaro bog‘liklikni topishi zarur bo‘lib
hisoblanadi.
Ijtimoiy
marketing
iste’molchilar va ushbu tovar o‘rtasida
ayirboshlashga ijobiy ta’sir etadigan va oqibatda korxona oladigan foydaga ijobiy
ta’sir ko‘rsatadigan notijorat harakatlarini o‘z ichiga oladigan
marketing faoliyatini
shakllantirish va rivojlantirish jarayonidan iborat bo‘ladi. Ijtimoiy marketingdan oldin
ijtimoiy-axloqiy marketingi mavjud bo‘lgan bo‘lib, uning uchun birlamchi vazifa
uzoq muddatli istiqbolda iste’molchi uchun qulaylik izlab topish va korxona uchun
foyda topishdan iborat bo‘lgan. Ijtimoiy marketingga yaqin yondashuv – jamoatchilik
marketingi va ekologiya marketingi bo‘lib hisoblanadi.
Xulosa sifatida, korxonalar faoliyatida xolistik
marketing konsepsiyasini
qo‘llash quyidagilarga imkon beradi:
Yuqorida bayon etilganlardan shunday xulosaga kelish mumkinki, korxonalar
faoliyatida xolistik marketing konsepsiyasini qo‘llash quyidagilarga imkon beradi
7
:
-
firmaning rahbariyati tomonidan marketing tamoyillarini tatbiq etishda
faqatgina marketing bo‘limi emas, balki boshqa bo‘limlar ham o‘zaro bog‘liq holda
mijozlarga bevosita ta’sir ko‘rsatadi;
-
integratsiyalashgan marketingda iste’molchilar uchun marketing dasturi ishlab
chiqiladi, shuningdek kompaniya ichida va tashqarisida marketologlar hamkorlar
bilan o‘zaro sherikchilik asosida harakat qilishi zarur bo‘lib hisoblanadi;
-
ijtimoiy marketingda iste’molchilar tovar sotib olishga va foyda olishga ijobiy
ta’sir ko‘rsatadigan notijorat harakatlarni o‘z ichiga oluvchi marketing faoliyatini
rivojlantirishga e’tibor qaratadi;
-
mijozlar bilan o‘zaro munosabatlar marketingida tahlil ishonchli mijozlar bilan
ta’minotchilar o‘rtasida uzoq muddatli munosabatlarni boshqarishga qaratiladi.
Hozirda asosiy o‘zgarishlar mijozlar bilan munosabatlarda kuzatilmoqda.
Xulosa
qilib shuni aytish mumkinki, bugungi kunda iqtisodiy islohotlarini
yanada chuqurlashtirish sharoitida korxonalarda marketing innovatsiyalarini tatbiq
7
Эргашходжаева Ш.Ж. Холистик маркетинг концепцияси ва уни корхоналар фаолиятига татбиқ этиш. Илмий
мақола. –Иқтисодиёт ва таълим, 2014. 4-сон. 76-79 бетлар.
46
etish, ayniqsa marketingda xolistik marketing konsepsiyalaridan samarali foylanish
mijozlar uchun o‘zaro
manfaatli, foyda hajmini ko‘paytirishga olib keladigan uzoq
muddatli munosabatlarni o‘rnatishda muhim ahamiyatga egadir.