rivojlanuvchi marketing turidan foydalaniladi. Potensial talabni real talabga
aylantirish uchun birinchi navbatda yangi tovarlar yaratish ustida ishlash kerak, ya’ni
talabni yangi sifat darajasida qondirishga erishish kerak. Rivojlanuvchi marketing -
yashirin talabni qamrab oluvchi va uni real talabga aylantiruvchidir.
Talabning pasayishi turli davrlarda har qanday tovar duch keladigan hodisa. Bu
holatda
Remarketing dan foydalaniladi. Remarketingning maqsadi talabni tiklash
zarurligini bildiradi, ya’ni tushib borayotgan talabni jonlantirishdir.
Talab o‘zgarib turadi, talabni stabillash kerak. Bu holatda
sinxromarketing turidan foydalaniladi. Sinxromarketing - tebranib turuvchi talabni nisbatan
barqarorlashtirishga va uni tartibga solishga yordam beradi. Bunday talab mavsumiy
va boshqa tebranishlar bilan xarakterlanadi. Buning natijasida tovar taklifi talabga
to‘g‘ri kelmaydi. SHuning uchun sinxromarketingning strategiyasi talab va taklif
me’yorini tekislashdan iborat.
Talab firmaning imkoniyatlariga aniq javob beradi, talabning bir tekisda
bo‘lishiga erishish kerak. Bu sharoitda
qo‘llab-quvvatlovchi marketing turidan
foydalaniladi. Qo‘llab-quvvatlovchi marketing - tovarlar va xizmatlar assortimentini
to‘ldirish, yangilash va narxlarni pasaytirish orqali mavjud bo‘lgan talab va ehtiyoj
darajasini saqlab qolishga imkon beradi.
Talab haddan tashqari yuqori, talabni pasaytirishga erishish lozim. Bu holatda
demarketing turidan foydalaniladi. Demarketingning maqsadi narxni ko‘tarish,
servisni qisqartirish yo‘li bilan talabni vaqtinchalik yoki surunkasiga pasaytirishdan
iborat.