To‘plangan axborotlarni tahlil qilish va qayta ishlash




Download 3,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/172
Sana14.05.2024
Hajmi3,25 Mb.
#232823
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   172
Bog'liq
Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S

 
4.4. To‘plangan axborotlarni tahlil qilish va qayta ishlash
Marketing tadqiqotlari jarayonida olingan ma’lumotlar qayta ishlanishi
umumlashtirilishi kerak. Bunda 3 soha ajratiladi: 

tartibga solish; 

masshtablashtirish; 

umumlashtirish va tahlil qilish. 
Ma’lumotlarni tartibga solish ma’lumotlarni kategoriya bo‘yicha, ularni 
tahrirlash va natijalarni kodlashtirish, shuningdek ularni toifalashtirishdan iborat. 
Kategoriya bo‘yicha ma’lumotlarni tartibga solish oldindan berilgan shartli sinf yoki 
zonalar bo‘yicha amalga oshiriladi. 
Tahrirlash deganda ishlash imkoniyati ko‘rinishga ega bo‘lgan ma’lumotlarni 
ko‘rib chiqish tushuniladi. Ko‘rib chiqilgan materiallar ma’lumotlarini jadval 
ko‘rinishida ko‘rsatish ularni tabullashtirishni bildiradi. 


76 
Shkalalashtirish aniq o‘lchamlari orqali aniqlash asosida ma’lumotlarni 
klassifikatsiyalashni bildiradi. Amaliyotda nominal shkala, tartibli shkala va son 
shkalalari qo‘llaniladi. 
Axborotlarni qayta ishlash uchun yozma va tahliliy uslublar ishlatiladi. 
Marketingda tahliliy uslublar ichida ko‘proq: trend tizimi, regressiya va korrelyasiya 
uslubi, diskriminant tahlil, klaster tahlili, omillar tahlili va boshqalar qo‘llaniladi. 
Axborotni qayta ishlash, hisoblash va boshqarish uchun tayyorlash mashina 
texnikasi vositasi yordamida amlaga oshiriladi. Bajariladigan hisoblarning aniq va 
operativligiga qo‘yiladigan talablarga qarab, shuningdek, ularning xarakteriga ko‘ra 
hisoblash jadvallari va monogrammalar, hisoblash asboblari, hisoblash mashinalari, 
kompyuterlar ishlatiladi.
 
Nazorat va mulohaza uchun savollar 
1. Marketing axboroti tizimini tuzilishi qanday? 
2. Marketing axborotini asosini nimalar tashkil etadi? 
3. Amaliyotda axborot to‘plashni qanday uslublari qo‘llaniladi? 
4. Axborot to‘plashni imitatsiya uslubi deganda nimani tushunasiz? 
5. Axborotlarni tahlil qilish qanday olib boriladi? 
6. Axborotlarni tahlil qilishda va qayta ishlashda qanday usullardan 
foydalaniladi? 
7. Axborot manbalari nimalardan iborat? 
8. Dala tadqiqotlari deganda nimani tushunasiz? 

Download 3,25 Mb.
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   172




Download 3,25 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 To‘plangan axborotlarni tahlil qilish va qayta ishlash

Download 3,25 Mb.
Pdf ko'rish