Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S




Download 3,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/172
Sana14.05.2024
Hajmi3,25 Mb.
#232823
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   172
Bog'liq
Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S

 
 


77 
5-BOB. MARKETING TIZIMI VA SOHASI 
5.1. Marketing tizimi haqida tushuncha va tarmoq marketinglari 
Marketing tizimi - bu qo‘yilgan maqsadlarga erishish va maqsadli bozor talabini 
qondirish uchun marketing qismlarining aniq birikuvidir. Tarkib o‘zida to‘rtta asosiy 
qism – mahsulot yoki xizmat, narx, taqsimot va siljitishlarni birlashtiradi. 
Tovar va xizmatlarni olganda bozorga nima tavsiya etilishi sifat darajasi, sotish 
hajmi, kompaniyaning innovatsion darajasi, o‘lchovning holati, alohida shartlar 
tadqiqotlarning hajmi va muddatlari mavjud mahsulotni sotishni to‘xtatish paytini 
aniqlab olish kerak. 
Marketing tizimi ijtimoiy-iqtisodiy elementlar, sub’ektlar yig‘indisidan 
iboratdir. Marketing tizimi o‘z tarkibiga turli elementlarni qamrab oladi: 

ta’minotchilar; 

raqobatchilar; 

vositachilar; 

iste’molchilar (bozor); 

firma (kompaniya). 
Marketing tizimini shakllantirish va amal qilishi aniq o‘rab turgan muhit 
ta’sirida olib boriladi. Bu muhitga ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy, demografik 
va ekologik omillar kiradi. 
Ta’minotchilar – alohida olingan tashkilot, uyushma, shaxslar yig‘indisidan 
tarkib topib, firmani moddiy, moliyaviy va mahsulot resurslari bilan ta’minlaydi. 
Raqobatchilar – hohishi bo‘yicha, safdosh tovar bo‘yicha, tovar turi bo‘yicha, 
tovar markasi bo‘yicha turkumlanadi. 
Marketing bo‘yicha vositachilar – tashkilot uchun uning tovarlarini mijozlarga 
etkazish, sotish, aloqa o‘rnatish bo‘yicha yordam ko‘rsatuvchilardir. 
Vositachilar – savdo, logistik, marketing va moliyaviy vositachilarga bo‘linadi. 
Savdo vositachilari - ulgurji va chakana savdogarlardir. 


78 
Logistika vositachilari – ombor tizimi xizmatlarida tovar va oqim holatlarini 
transportirovka qilish bilan shug‘ullanish. 
Moliyaviy vositachilar – bank, kredit, sug‘urta va boshqa moliyaviy xizmatlarni 
amalga oshiradi. 
Iste’molchilar – firmalar, alohida fizik shaxslar yoki ularni potensial guruhi 
bo‘lib, ular bozorda mavjud bo‘lgan tovar va xizmatlarni olishga tayyor. 
Iste’molchi – bozor qiroli, marketing vazifasi doimo iste’molchini xulq-atvorini 
o‘rganish, uni ehtiyojini firma mahsulotiga bo‘lgan munosabatini o‘rganish, tahlil 
qilishdan iborat. 
Firma, marketing va bozor munosabatlari bir-biriga o‘zaro ta’sir o‘tkazib, 
dialektik bog‘liqlikda harakatlanib boradi. Firma yangi texnologik jarayonlarni 
egallashga, yangi mahsulotlar ishlab chiqarishga faqat bozordagi munosabatlar sabab 
bo‘ladi. 
Marketing tarkibini ishlab chiqishda bosh masala uning bir butunligi, maqsadga 
erishishda muvaffaqiyatni ta’minlovchi barcha omillarning o‘zaro aloqasidir. 
Marketing iqtisodiy kategoriya sifatida g‘oyat serqirradir. Uning tarkibi yoki 
faoliyat sohalarida quyidagicha: 
- ishlab chiqarish vositalari marketingi; 
- iste’mol tovarlari marketingi, 
- xizmat ko‘rsatish marketingi singari turlarini ko‘rsatish mumkin.
Buning har birining faoliyatida umumiy tamoyillar va vazifalar saqlanib qoladi, 
ammo bu yo‘nalishlarning har biri o‘ziga xos tomonlari bilan ajralib turadi. 
Ishlab chiqarish vositalari marketingi birinchi navbatda ishlab chiqarish 
talablarini hisobga olishga asoslanadi. SHu sababli maqsadga muvofiqlik maqbullik 
qat’iy uyg‘unlik eng birinchi o‘rinda turadi. 
Iste’mol tovarlari marketingi xilma xil talab va didga ega bo‘lgan 
iste’molchilarning keng doiralari bilan bog‘liq. 
Bu sohada iste’molchi fe’l - atvorining tub mohiyatini o‘rganishga katta e’tibor 
beriladi. Xususan, iste’molchilarni guruhlash, reklama, mahsulot sotishni uyushtirish, 
bularning barchasi iste’mol tovarlari bozorida marketing faoliyatining asosiy 


79 
masalalari hisoblanadi. Masalan, do‘konlarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tamoyillari 
iste’mol tovarlari marketingi samarasi. 

Download 3,25 Mb.
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   172




Download 3,25 Mb.
Pdf ko'rish