5.3. Marketingni ichki va tashqi muhiti, ularning o‘zaro bog‘liqligi
Marketing muhiti – bu korxonaning tashqarisida xarakatlanadigan sub’ektlar va
kuchlar bo‘lib, ular uning maqsadli mijozlariga bo‘ladigan munosabatlarini vujudga
keltirish va qo‘llab – quvvatlashga ta’sir o‘tkazadilar.
Korxonaning marketing faoliyatiga murakkab va o‘zgaruvchan bo‘lgan tashqi
muhit omillari ta’sir qiladi.
Tashqi muhit sub’ektlari – ta’minotchilar, vositachilar, xaridorlar,raqobatchilar,
kontakt(aloqa) auditoriyalari va boshqalar bo‘lib, ular korxonaning marketing
faoliyatiga yordam berish yoki to‘sqinlik qilishda ishtirok etadilar.
Tashqi muhit omillari – demografiya, iqtisodiy, tabiiy, ilmiy – texnika, siyosiy –
huquqiy va madaniylar bo‘lib, ular korxonaning marketing imkoniyatlarini yoki xavf
– xatarini vujudga keltiradilar.
Korxonalar uzluksiz ravishda tashqi muhit omillarini o‘zgarishini doimo kuzatib
borishi va shu o‘zgarishlarga kerakli bo‘lgan javobni topishlari kerak. Bugungi kunda
87
tashqi muhit juda ham tez o‘zgarib bormoqda. Oziq – ovqat mollarini sotish hamda
harid qilish jarayonini kelgusida qanday o‘zgarishini tasavvur qilib ko‘raylikchi?
Dunyo ekspertlarining fikricha, biz 2025 yillarga borib, oziq – ovqat mollarini harid
qilish uchun katta supermarketlarga bormaymiz. Ular o‘rnini Internet orqali amalga
oshiriladigan elektron buyurtmalar egallab, kattayig‘imdagi oziq – ovqatlar uylarga
eltib beriladi. Ya’ni, savdo va etkazib berish bilan shug‘ullanadigan korxonalar
birlashadilar.
Xaridorlar o‘zlariga kerakli bo‘lgan tovarlarni izlashga vaqt sarflamaydilar. Bu
ishlarni ular uchun raqobatchilarni tovarlari narxini taqqoslagan holda maxsus
elektron dasturlar amalga oshiradi. Yana bir holat: 2025 yilga borib, kompyuter
tovarlar zahirasi qachon tugashini hisoblab, uni siz uchun yaqin oradagi
supermarketga buyurtma beradi.
Kelgusidagi bunday o‘zgarishlar, korxonalar rahbarlari va marketologlarni o‘yga
solmoqda. Shu sababli ham marketing xizmatlari bunday yangi holatlarni birinchi
bo‘lib, tadqiq etib, uning chorasini izlab topishi kerak. Birinchidan, ularda zarur
axborotlarni yig‘ish maxsus uslublarga ega bo‘lgan, marketing tadqiqotlari bor.
Ikkinchidan esa, ular iste’molchilarni va raqobatchilarni yaxshi biladilar. Shu sababli,
marketologlar tez o‘zgarayotgan muhit uchun kerakli bo‘lgan, marketing
strategiyalarini tezda ishlab chiqib, uni o‘zgartiradilar.
Marketing muhiti – mikro va makromuhitdan iboratdir.
Mikromuhit – bu korxonaning yaqin atrofda xarakatlanayotgan va uni
mijozlariga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta’sir o‘tkazuvchi kuchlardir.
Ularga
korxona,
ta’minotchilar,
marketing
kanallari
ishtirokchilari,
iste’molchilar, raqobatchilar va aloqa(kontakt) auditoriyalari kiradi (5.2-rasm).
Marketing vositachilariga – korxonaning so‘nggi iste’molchilariga tovarlarni
siljitish, sotish va taqsimlash bo‘yicha yordam beradigan korxonalar kiradi. Ularga
resellerlar, logistik firmalar, marketing agentliklari va moliyaviy vositachilari kiradi.
Resellerlarga – ulgurji va chakana savdo bilan shug‘ullanuvchi korxonalar
hamda alohida shaxslar, ya’ni tovarlarning taqsimot kanallari ishtirokchilari kiradi.
|