• 6.1-rasm. Marketing strategiyasining bosqichlari 12 Котлер Ф., Армстронг Г., Вонг В., Сондерс Дж. Основы маркетинга.–М.: ООО “И.Д.Вильямс”, 2012.- 752 с.
  •  Marketingda strategik rejalashtirishning maqsadi va vazifalari




    Download 3,25 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet56/172
    Sana14.05.2024
    Hajmi3,25 Mb.
    #232823
    1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   172
    Bog'liq
    Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S

     
    6.2. Marketingda strategik rejalashtirishning maqsadi va vazifalari 
    Korxonalar faoliyatini strategik rejalashtirish uning sotish, foyda olish va 
    rentabellik ko‘rsatkichlarini yaxshilashga xizmat qiladi.
    Strategik rejalashtirish - bu korxonani istiqbolda ko‘rish, korxonaning 
    iqtisodiyotda, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o‘rni, rolini bilish va yangi 
    darajaga erishish yo‘llari, vositalarini ishlab chiqishdir. Strategik rejalashtirishda aniq 
    hisoblangan ko‘rsatkichlar bo‘lmaydi, balki turli bashoratlar asosida mo‘ljallar, 
    kelgusiga nazar tashlashdan iboratdir. 
    F.Kotler firmaning strategik rejalashtirish haqida bunday deb yozadi: 
    «Firmaning maqsadlari, uning marketing sohasidagi imkoniyatlari orasidagi strategik 
    muvofiqlikni boshqaruv jarayonidir. Strategik rejalashtirish firmaning aniq 
    ifodalangan dasturiy baenotiga, yordamchi maqsadlar va vazifalarni mo‘ljallashiga, 
    sog‘lom xo‘jalik portfeli va o‘sish strategiyasiga tayanadi
    12

    6.1-rasm. Marketing strategiyasining bosqichlari 
    12
    Котлер Ф., Армстронг Г., Вонг В., Сондерс Дж. Основы маркетинга.–М.: ООО
    “И.Д.Вильямс”, 2012.- 752 с.
     
    Korxona 
    dasturi
    Marketing 
    vositalari
    Xo'jalikni 
    rivojlantirish
    O'sish 
    strategiyasi


    96 
    Korxona dasturi o‘z ichiga korxonaning bugungi holati haqida, uning mijozlari, 
    mijozlar uchun qadrli bo‘lgan tomonlari, korxona istiqboli haqida ma’lumotlarni 
    oladi. Savdo korxonasi bunday dasturni doimo diqqat markazida saqlashi, muntazam 
    ravishda unga tuzatishlar kiritib turish kerak. Korxona dasturi maqsad qo‘yishga, 
    uning ahamiyatini oshirishga ko‘maklashadi va maqsadga erishishga yo‘llaydi. 
    Korxona dasturida korxonaning faoliyat doirasi ko‘rsatiladi. Bu doiraning 
    chegarasi bo‘lib, mahsulotlar, texnologiyalar, mijozlar guruhi, ular ehtiyoji yoki bir 
    necha omilning aralashmasi xizmat qilishi mumkin. Masalan, korxonada 
    avtomashinalar, radio-tele-apparatlari, boshqa tovarlar sotilishini ifodalash tovarlar 
    doirasi chegarasini bildiradi. Savdo korxonasining imkoni boricha tovar assortimenti 
    kengroq bo‘lishi kerak. 
    Korxonaning vazifalari va maqsadi bosqichi har bir boshqaruvchi, rahbariyat 
    xodimi oldiga maqsadga erishishga qaratilgan vazifalar qo‘yadi. O‘z vazifalarining 
    bajarilishiga har bir xodim javobgardir. 
    Korxonaning asosiy maqsadi foyda olish bo‘lsa,unga erishish uchun foyda 
    keltiradigan tovarlarni sotishni ko‘paytirish, ular hissasini oshirish lozim. Bunday 
    tovarlar sotilishini ko‘paytirish esa,tovar manbalarini topishni, ular ichidagi eng 
    samaralisini tanlashni talab etadi. Bulardan o‘z navbatida qator vazifalar kelib 
    chiqadi. Bu vazifalar marketing vazifalari bo‘lib, marketing strategiyasini ishlab 
    chiqishni talab etadi. Bunda bozorni o‘rganish, taklif manbalarini o‘rganish, 
    korxonaga tegishli har bir tovar bo‘yicha kon’yunkturani o‘rganish va xulosa 
    chiqarish jarayoni bajariladi. 
    Korxona xo‘jaligini rivojlantirish rejasi strategik rejalashtirishning muhim 
    bosqichi hisoblanadi. Bunda xo‘jalik faoliyatining bosh yo‘nalishlari tahlili amalga 
    oshiriladi va ayrim tovarlarning rentabelligi aniqlanadi. Rentabellik darajasiga ko‘ra, 
    uni savdoda qoldirish yoki qoldirmaslik, jalb etish yoki jalb etmaslik qarorini qabul 
    qilish kerak bo‘ladi. Yuqori rentabellik tovarlarga ko‘proq moliyaviy resurslarni 
    safarbar etish, kam foydalilaridan chetlasha borishga qaratilgan ishlar rejalashtiriladi. 


    97 
    Korxonani o‘sish strategiyasi o‘z ichiga korxonaning kelgusida yana qanday 
    tovarlarni sotishni o‘zlashtirishi, qaysi mahsulotlar bozoriga e’tiborni kuchaytirishini, 
    kuch sarflashini oladi. 
    Korxonani o‘sish strategiyasini uch bosqichdagi tahlil asosida ishlab chiqish 
    mumkin. Birinchi bosqichda hozirgi faoliyat doirasidagi foydalanishi mumkin 
    bo‘lgan imkoniyatlari aniqlanadi. Bunda o‘sishga jadallashtirish omili orqali 
    erishiladi; tovar yoki bozorning mavjud holatida imkoniyatlarni topish va o‘sishga 
    intilish o‘rin egallaydi. Imkoniyatlari turlicha bo‘lishi mumkin. Jumladan, tovarni 
    bozorga chuqurroq singdirish (xaridorning e’tiborini ko‘proq kozonish maqsadida 
    raqobatchisiga nisbatan tovarni arzonroq sotish, sotilgan tovarlar ma’lum songa 
    etganida xaridorga mukofot berish bilan rag‘batlantirish, shu tovarning yangi 
    iste’molchilarini topish) yo‘li bilan sotishni ko‘paytirish mumkin. 
    Boshqa imkoniyati bozor chegarasini kengaytirish, ya’ni yangi bozorlar topish 
    va mavjud tovari bilan ularda savdo-sotiq yuritishdan iboratdir. Navbatdagi 
    imkoniyati tovarni takomillashtirish, ya’ni mavjud tovardan keskin farq qiladigan, 
    sifati, iste’mol qiymati yuqori bo‘lgan tovarning yaratilishi bilan bog‘liqdir. 
    Ikkinchi bosqichda korxona tarmoq doirasida boshqa korxonalar bilan 
    hamkorlikda (integratsiya) ishlashi mumkin. Bunda shu tarmoq doirasida taqsimot 
    tizimi qattiq nazorat qilinadi. Bunda raqobatchi firmalar ustidan doimiy nazorat olib 
    boriladi. 
    Korxonaning o‘sish strategiyasining uchinchi bosqichida tarmoq doirasida 
    o‘sish imkoniyatlari qolmagan bo‘lsa, korxonaning mavjud turiga yaqinroq yangi 
    yo‘nalishini tanlash, o‘zlashtirishdan iborat jarayon amalga oshiriladi.
    Strategik rejalashtirish korxona faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi, 
    mahsulot ishlab chiqarish va sotish sohasidagi barcha harakatlarning maqsadga 
    muvofiq yo‘nalishini aks ettiradi. So‘ngra har bir yo‘nalish bo‘yicha batafsil rejalar 
    tuziladi, chunki, marketing konsepsiyasini qo‘llaydigan korxonalar faoliyat natijalari 
    ko‘proq savdo sohasi bilan belgilanadi, rejalar orasida tovar nusxasini yaratishdan 
    boshlab, to pirovard sotishga qadar tovar harakati jarayonlarini kamraydigan 
    marketingni rejalashtirish alohida o‘rinni egallaydi.


    98 
    Asosiy ko‘rsatkich ma’lumotlar yig‘indisi, joriy marketingga oid vaziyat bayoni, 
    xatarlar va imkoniyatlar tafsili, vazifa va muammolar tafsili, marketing strategiyasi, 
    harakat dasturi, byudjet va nazorat. 
    Strategik rejalashtirishning asosiy xususiyati-umumdoimiy ravishda operativ va 
    strategik nazoratga tayanishidir. Bu esa strategiyaga tayinli davr mobaynida turli 
    o‘zgarishlarni kiritish va tashqi muhit sharoitlariga moslashish imkonini beradi. 
    Strategik rejalashtirish jarayonida bevosita strategiyani ishlab chiqish bosqichi 
    quyidagi ketma-ketlikda amalga oshirilishi lozim. Dastlabki harakat bosqichi bo‘lib, 
    firmaning istiqbolini tahlil qilish hisoblanadi. Ushbu bosqichda: asosiy tashqi xavf-
    xatarlar, imkoniyatlar, «favqulodda» holatlarni vujudga kelish tendensiyalari va 
    ularni bartaraf etish imkoniyatlari hal etiladi. 
    Ikkinchi harakat bosqichida raqobatchilik kurashidagi mavqei tahlil qilinadi. 
    Ushbu bosqichning asosiy vositasi bo‘lib-firma faoliyatining qaysi yo‘nalishida 
    «raqobatchilik strategiyasini takomillashtirib, firmaning yalpi ish faoliyatining 
    yaxshilash mumkin?» degan savolga javob topiladi. 
    Uchinchi, eng muhim harakat bosqichi - strategiyani tanlash hisoblanadi. Bunda 
    firmaning turli faoliyatlari bo‘yicha istiqbolini qiyoslash, tanlangan strategiyani 
    amalga oshirishda turli faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha resurslarni taqsimlash asosiy 
    o‘rin egallaydi.
    Lekin, ko‘pgina hollarda firmaning mavdjud imkoniyatlari kelgusi istiqbol 
    uchun ma’kul bo‘lmaydi. Buning sabablari bo‘lib, firmaning ichki faoliyati doirasida 
    yalpi strategiyani ishlab bo‘lmaslik, uzoq va qisqa istiqbolda ularning mos kelmasligi 
    yoki boshqaruvchilarning rejalashtirish ishlarida tashqi muhit o‘zgarishlariga 
    moslashuvchanlik sharoitlarini ishlab chiqish zarurati hisoblanadi. 
    Keyingi harakat bosqichi - diversifikatsiya yo‘llarini tahlil qilish jarayoni 
    sanaladi. Ushbu bosqichning asosiy maqsadi bo‘lib, amaldagi faoliyatini ko‘lami 
    tanlovidagi kamchiliklarni va kelgusida firma uchun samarali bo‘lgan yo‘nalishlarni 
    aniqlash hisoblanadi. 

    Download 3,25 Mb.
    1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   172




    Download 3,25 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Marketingda strategik rejalashtirishning maqsadi va vazifalari

    Download 3,25 Mb.
    Pdf ko'rish