101
xarajatlari bilan mahsulot sotish o‘rtasidagi nisbiy tahlillar, mijozlarning
munosabatini kuzatish kabi nazorat usullaridan keng foydalaniladi.
Marketing faoliyatini nazorati mahsulotlarni sotish ustidan nazorat qilish, sotish
imkoniyatlarini
tahlil qilish, tadbirkorlik faoliyatini nazorat qilish, marketing
xarajatlarini tahlil qilish, texnik va strategik nazorat va marketing taftishini nazarda
tutadi.
Foydani nazorat qilishdan maqsad firma nima hisobiga daromad topaetganligini
va qaysi o‘rinlarda uni yo‘qotayotganligini aniqlashdan iborat.
Rentabellikni nazorat qilish haqiqiy sotish va ular tendensiyalarini
rejalashtirilgan ko‘rsatkichlari bilan taqqoslashda hisobga olish yo‘li
bilan amalga
oshiriladi.
Foydalilikni nazorat qilish va marketing xarajatlarini tahlil qilish alohida
tovarlar, ularning assortiment guruhlari, bozor segmentlari, hududlari, savdo
kanallari,
reklama vositalari, savdo xodimlari va boshqalar bo‘yicha amalga
oshiriladi.
Strategik nazoratning maqsadi esa haqiqatdan ham firma o‘zidagi marketing
imkoniyatlarining eng yaxshilaridan foydalanayaptimi yoki yo‘qmi shu holat nazorat
qilinadi.
Marketingni strategik nazorati va tahlili korxona ishlab chiqarish-sotish va
ilmiy-texnik faoliyati rivojlanishining asosiy qiyinchiliklari va istiqbolini aniqlash
maqsadida asosiy vazifalar, strategiyalarini chamalaydi. Marketing taftishi o‘z ichiga
makro va mikro marketing muhitini, marketing xizmatlarini
faoliyat yuritish
samaradorligini tahlilini, hamda marketing siyosati, tovar, narx, reklama siyosatini
oladi.
Marketing taktikasi marketing strategiyasidan farq qilgan holda bosh maqsadda
firma mahsulotiga bo‘lgan iste’molchilar talabini shakllantirish va qondirish
tamoyillarini hamda kon’yunktura sharoitlarini ifodalaydi.
Marketing taktikasi
ma’lum bir muddatdagi aniq tovar nomenklaturasi bo‘yicha hamda aniq bozorda
firma maqsadlarini ishlab chiqish va amalga oshirish bilan bog‘liqdir. U
kon’yunktura va haqiqiy bozor holati dinamikasini hisobga olish, shuningdek
102
marketing strategiyasi asosida shakllanadi. Marketing taktikasini vazifasi korxonada
marketing faoliyatini tashkil etishni joriy vazifalari bilan qisman bog‘liqdir.
Marketing taktikasi firmaning strategik maqsadlariga erishishni oqilona ta’minlashda
marketingni amalga oshirishni yo‘llari va vositalari, shakl
va usullarini aniqlaydi va
tartibga soladi.
Marketingni operativ rivojlantirishda qisqa davr uchun reja chora-tadbirlarini
aniqlash yo‘li bilan taktik dasturlarni aniqlashtiradi.
Marketingni strategik, taktik va operativ rejalarini ishlab chiqish jarayonida
rejalashtirishning turli xil uslublaridan foydalaniladi. Ular bir-biridan muddati
bo‘yicha farq qiladi va uzoq muddatli, o‘rta muddatli va qisqa muddatli bo‘ladi. Uzoq
muddatli marketingni rejalashtirish uslubiga portfel tahlil,
morfologik tahlil, Delfi
uslublarini kiritish mumkin.
O‘rta muddatli marketingni rejalashtirish uslublariga tarmoqli rejalashtirish
texnikasi, maqsadli daraxt bo‘yicha qaror qabul qilish uslubi, morfologik tahlil,
chiziqli dasturlash, moliyaviy-matematik uslublar, evristik uslublar kiradi.
Qisqa muddatli marketingni rejalashtirish uslublariga esa tarmoqli rejalashtirish
texnikasi,
chiziqli dasturlash, transport masalalarini optimallashtirish uslublari,
evristik uslublar kiradi. Amaliyotda tarmoqli rejalashtirish, bozor tahlili, moliyaviy-
matematik, chiziqli dasturlash uslublari keng qo‘llaniladi.
Marketingni nazorat qilish jarayoni 5 ta asosiy bosqichni o‘z ichiga oladi:
1.Nazorat qilishga mo‘ljallangan reja ko‘rsatkichlarini asoslash;
2.Faoliyatning haqiqiy ko‘rsatkichlari natijalarini o‘lchash;
3.Faoliyatni reja va haqiqiy ko‘rsatkichlari natijalarini solishtirish
4.Reja ko‘rsatkichlaridan haqiqiy ko‘rsatkich farqi tahlili
5.Yangi rejalar ishlab chiqish, korrektirovkalash.
1974 yilda F. Kotler marketingni nazorat qilishni ikki turini marketingni
boshqarish tizimiga ta’sir etishini ko‘rsatib o‘tgan, ya’ni
tashqi va ichki muhitni
omillarini o‘zgarish imkoniyatiga ko‘ra – marketingni nazorat qilishni ochiq va yopik
tizimlaridir.
103
Marketing sohasida nazorat qilishni asosiy vazifalari quyidagi 6.3 - rasmda
berilgan.