Nazorat va mulohaza uchun savollar




Download 3,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/172
Sana14.05.2024
Hajmi3,25 Mb.
#232823
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   172
Bog'liq
Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S

Nazorat va mulohaza uchun savollar 
1. Marketing tizimi deganda nimani tushunasiz? 
2. Korxonada marketingni tashkil etish jarayoni qanday amalga oshiriladi? 
3. Marketingni boshqarish jarayoni necha bosqichdan iborat? 
4. Marketing tashqi muhiti deganda nimani tushunasiz? 
Marketingni 
boshqarish jarayoni
bozor 
imkoniyalarini 
tahlili
maqsadli bozorni 
tanlash
marketing 
kompleksini ishlab 
chiqish
marketing chora-
tadbirlarini hayotga 
tatbiq etish


93 
5. Ichki muhit omillariga nimalar kiradi? 
6. Marketingni qanday turlarini bilasiz? 
7. Makro va mikro marketing nima? 
8. Marketingni boshqarish jarayonini takomillashtirish yo‘llari nimalardan 
iborat? 
9. Innovatsion marketing va xolistik marketing deganda nimani tushunasiz? 
10. Bozor tamoyili asosida marketing faoliyatini tashkil etish qanday amalga 
oshiriladi? 
 
 
 


94 
6-BOB. MARKETING FAOLIYATINI REJALASHTIRISH 
 
6.1. Marketing faoliyatini rejalashtirish 
Marketingni rejalashtirishni qo‘llamaydigan korxonalar bozorda yo‘nalishni 
yo‘qotishi va ziyon ko‘rishi mumkin. Aksincha, marketingni rejalashtirish tizimi 
yo‘lgan qo‘yilgan korxonalar to‘laligicha vaziyatni nazorat qiladi, ularning ishi bozor 
samaradorligi va iqtisodiy samaradorlik darajasining yuqori ekanligi bilan 
tavsiflanadi. Marketingni rejalashtirish quyidagilarni belgilab beradi: 
— butun korxona va uning bo‘linmalari aniq maqsadlarini; 
— korxonaning bozordagi aniq yo‘nalishini; 
— korxona ahvolini barqarorlashtirish va o‘sish yo‘llarini; 
— korxona resurslarini alohida faoliyat yo‘nalishlari o‘rtasida optimal 
taqsimlashni; 
— optimal assortiment va tovarlarni tarqatish shartlarini; 
— korxonaning marketing faoliyatini baholash tartibi va mezonlarini. 
Marketingni rejalashtirish bu – korxona imkoniyatlarini bozor talablariga mos 
holga keltirishga qaratilgan korxonaning bozordagi harakatlarini tahlil qilish, ishlab 
chiqish va nazorat qilish uzluksiz jarayonidir. Keng ma’noda marketing rejasi bu – 
korxonaning marketing faoliyati vositasi, boshqaruv marketing qarorlari qabul qilish 
va amalga oshirish usulidir. Amaliy jihatdan bu – korxonaning bozordagi maqsadlari, 
ularga erishish yo‘llari va chora-tadbirlaridan iborat bo‘lgan hujjat. 
Sotsialistik reja asosidagi iqtisodiyot yillarida mavjud bo‘lgan buyruqbozlik 
rejalaridan farqli ravishda, marketing rejalari bajarilishi majburiy emas, chunki tashqi 
sharoitlar muntazam ravishda o‘zgarib turadi. SHu sababli marketingni 
rejalashtirishning vazifasi eng avvalo, kelajakni bashorat qilishdan emas, balki 
korxona menejerlarining e’tiborini mavjud bozorning asosiy jihatlariga va yuzaga 
keladigan imkoniyatlardan foydalanishga jalb qilishdan iborat. Marketingni 
rejalashtirish yordamida boshqaruvchilar korxona o‘z maqsadlariga erishish uchun 
bozorda qanday pozitsiya egallashi lozimligini tushunishi mumkin. 


95 
Marketingni rejalashtirish tamoyillari quyidagilardan iborat: 
1. 
Tizimli yondashuv
. Korxona rejasi bu – bir qator o‘zaro bog‘liq rejalarni 
birlashtiradigan tizim bo‘lib, ulardan biri marketing rejasi hisoblanadi. 
2.
 
Korxonalar, ularning maqsadlari, chiqaradigan mahsulotlari xilma-xilligi 
tufayli marketingni rejalashtirishga 
individual yondashuv.
3. 
Ko‘p variantli
xarakter

4. 
Dinamiklik
: korxona faoliyatiga ta’sir etuvchi barcha o‘zgarishlarning zudlik 
bilan rejaga kiritilishi. 

Download 3,25 Mb.
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   172




Download 3,25 Mb.
Pdf ko'rish