146
va shakllanayotgan fikrlarni tadqiq qilish, xaridorlar yoki ularning guruhini mahsulot
parametrlariga bo‘lgan munosabatini
baholash tahlilidan, maqsadli bozorni ushbu
segmentida mahsulotni raqobatli ustunligini ta’minlashda shunday tovar pozitsiyasini
marketing chora-tadbirlarini o‘tkazish yo‘li bilan tuzishdan iborat.
Mahsulotni samarali pozitsiyalashtirish uchun
talab va taklifni muhim
tavsifnomalarini, xarid to‘g‘risida qaror qabul qilishda mo‘ljal bo‘lib hisoblanuvchi
omillar ta’sirini o‘rnatish va o‘rganish zarur. Aniqlovchi omillar esa, mahsulot sifati,
sifat
darajasi, ishonchliligi, energohajmi, dizayni va tovarni
raqobatbardoshligini
boshqa ko‘rsatkichlari bo‘lishi mumkin.
8.3-rasm. Tovarni pozitsiyalashtirishning asosiy belgilari
Tovarni bozorda pozitsiyalashtirishni to‘g‘ri tashkil etilishi marketing rejasi va
kompleksini samarali ishlab chiqarish shart-sharoiti bo‘lib hisoblanadi.
Pozitsiyalashtirish differensiatsiya strategiyasini amalga oshirish vositasi bo‘lib
hisoblanadi. D.Traut va E.Raislar tomonidan 1979
yilda pozitsiyalashtirish
konsepsiyasi taklif etilgan. Aniq pozitsiyalashtirish uchun firma pozitsiyalashtirish
belgisini o‘rnatish kerak.
Pozitsiyalashtirish belgisi – xarid motivatsiyasi manbasi
yoki asosiy tovarning
iste’molchi nuqtai nazaridan foydaliligidir.
Raqobatchiga nisbatan tovar pozitsiyalashtirish belgisi ikkita usuldan biri
bo‘lishi mumkin:
Pozisiyalashtirish
belgisi
Narx darajasi
Tovarning yuqori sifati
Imij
Qo'llash usuli
Turli naflarning mazmuni
Boshqa
147
1)
raqobatchiga o‘xshash – bu holatda firma bozordagi raqobatchini siqib
chiqarish vazifasini hal qiladi.
2)
Noyob.
Birinchi strategiyada quyidagi uch xil sharoitdan bittasini qo‘llab –
quvvatlash
maqsadga muvofiq:
-
Firma raqobatchi tovaridan ustun tovarlarni yaratish mumkin;
-
Bozor bir necha raqobatchilarni yig‘dirish holatidadir;
-
Firma pozitsiyalashtirayotgan tovar bo‘yicha resurs va imijga ega bo‘ladi.
Ikkinchi strategiya esa:
-firma noyob tovarlarni ishlab chiqarish uchun moliyaviy va texnik imkoniyatga
ega bo‘ladi;
-noyob tovarning potensial iste’molchilarining etarli soni mavjud bo‘ladi.