152
Tovar siyosatida asosiy maqsadga erishish quyidagi sohalardagi vazifalarni hal
etish orqali amalga oshiriladi:
•
uning innovatsiyasi;
•
variatsiya;
•
differensiatsiya;
•
eliminatsiya;
•
markani o‘rnatish va tanlash;
•
qadoqlash ;
•
tovarni shakli, turi va boshqalar.
Shunga mos holda tovar siyosatining masalalariga quyidagilar kiradi:
•
yangi tovarlarni qidirish;
•
yangi tovarlarni rivojlantirish;
•
bozorga yangi tovarlarni kiritish;
•
tovar shakllarini asoslash;
•
tovar sifatini tartibga solish;
•
bozordagi yangi tovarlar xulq-atvorini nazorat qilish va boshqalar.
Birinchi 3 tasi bozorga yangi tovarlarni kiritayotganda hal etiladi, qolgan
vazifalarni hal etish tovarni butun hayoti davomida amalga oshiriladi. Buning uchun,
ya’ni qarorni asoslash uchun tovarni hayotiylik davri modeli ishlatiladi.
Tovarlar va xizmatlar assortimenti – bu foydalanish bo‘yicha bir-biriga juda
o‘xshash tovarlar (xizmatlar) guruhidir.
Tovar sifati – bu tovarning o‘z funksiyalarini bajarishda ko‘rinadi va u quyidagi
parametr bilan xarakterlanadi, ya’ni uzoq muddat xizmat ko‘rsatishi, pishiqligi,
foydalanishda soddaligi va boshqalar.
Marketing fani bo‘yicha tovar sifati xaridorlar bergan baho bilan o‘lchanadi.