• 8.1-rasm. Bozor segmentasiyasi turlari 13
  • Bozor segmentasiyasi turlari




    Download 3,25 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet75/172
    Sana14.05.2024
    Hajmi3,25 Mb.
    #232823
    1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   172
    Bog'liq
    Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S

    8.3.Bozor segmentasiyasi turlari 
    Bozorni segmentlash marketing konsepsiyasining xususiyatlaridan biri bo‘lib, 
    xaridor tomonidan tovarlarning u yoki bu turini tanlash jarayonini tahlil qilish bozor 
    segmentining ko‘pligini ajratishga imkon beradi. 
    Bozorni segmentlarga bo‘lishni o‘tkazish xaridorlarning tovarga talablari va 
    xaridorlar tavsiflari to‘g‘risidagi eng muvofiq bilimlarni talab qiladi. 
    Quyida bozorni segmentlash turlari o‘z ifodasini topgan. 
    8.1-rasm. Bozor segmentasiyasi turlari
    13
     
    Makrosegmentlash bozorlarni hududlar, mamlakatlar bo‘yicha ularning 
    sanoatlashuviga qarab bo‘lishni ko‘zda tutadi. 
    Mikrosegmentlash esa, bir mamlakat iste’molchilarini yanada batafsilroq 
    mezonlar bo‘yicha guruhlarga bo‘ladi. 
    13
    Soliyev A., Buzrukxonov S. Marketing. Bozorshunoslik. Darslik. –T.: Iqtisod-Moliya, 2010. -424 b.
     
    Bozorni segmentlash 
    Segmentlashni xarakterdan 
    boglikligiga kura 
    Iste’molchilar turiga kura 
    makrosegmentlash 
    mikrosegmentlash 
    Ichkarida segmentlash 
    Chuqur segmentlash 
    Avvaldan segmentlash 
    Yakuniy segmentlash 
    Iste’mol tovarlari 
    iste’molchilarini 
    segmentlash 
    Ishlab chikarish tex-
    nik tovarlar buyicha 
    iste’molchilarini 
    segmentlash 
    Ikki turdagi tovar 
    iste’molchilarini 
    segmentlash 


    140 
    Ichkarida segmentlashda segmentlash jarayoni keng iste’molchi guruhlari bilan 
    boshlab, keyin tovar yoki xizmatlarni oxirgi iste’molchilari klassifikatsiyasiga 
    bog‘liqligiga qarab bosqichma-bosqich chuqurlashadi. 
    Chuqurda segmentlash tor iste’molchi guruhlari (segmentlari) bilan boshlanib
    keyin tovarni ishlatish va qo‘llanish sohasidan bog‘liqligiga qarab kengaytirishni 
    nazarda tutadi. 
    Avvaldan segmentlash maksimal bozor segmentini o‘rganishga mo‘ljallangan 
    marketing tadqiqotining boshlang‘ich bosqichidir. 
    Yakuniy segmentlash – bozor muhiti sharoitlari va firmaning o‘z 
    imkoniyatlarini tartibga solib o‘tkazishdagi bozor tahlilini yakunlovchi bosqichidir. U 
    iste’molchilar talabiga va firma imkoniyatiga javob beruvchi segmentga tovarlarni 
    pozitsiyalashtirish maqsadida bozorni optimal segmentini qidirish bilan bog‘liq. 
    Iste’molchilar turiga ko‘ra, iste’mol talabdagi tovarlari iste’molchilarni 
    segmentlash va ishlab chiqarish, texnik maqsadidagi tovar iste’molchilari bo‘yicha 
    farq qiladi. 
    Tegishli mahsulot ishlab chiqaruvchilar nazarga ilmagan segment bozor darchasi 
    deb ataladi. Bozor darchasi xech ham mahsulot tanqisligini bildirmaydi. 
    Bozor uyachasi shunday bozor segmentiki, uning uchun ushbu firma tovarlari va 
    ularni etkazib berish imkoniyatlari eng qulay va munosibdir. 

    Download 3,25 Mb.
    1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   172




    Download 3,25 Mb.
    Pdf ko'rish