Firmalararo
13.7-rasm. Mahsulot raqobatbardoshligini ta’minlovchi unsurlar
Keyingi vaqtlarda tovarlarning ekologik tozaligi, xususiyatlari, estetik ko‘rsatkichlari ko‘proq ahamiyat kasb etmoqda. Tovarning sifat darajasini aniqlashda normativlar, sifat standartlariga javob berishi nazarda tutiladi. Tovar siyosatini aniqlash mezoni, hamda uning raqobatbardoshligini ta’minlovchi mezoni, bu uning patent bilan himoyalanganligidir. Bunda ixtirochi - korxonaga shu tovarni ishlab chiqarishga huquqni saqlab qoladi, qachonki, boshqa korxona ushbu tovarni ishlab chiqarmoqchi bo‘lsa, litsenziya (ruxsatnoma) olishi lozim. Tovarlar sifatini ifodalovchi umumiy ko‘rsatkichlar quyidagilardir: ishlab chiqarilgan tovarlar tarkibida ayrim sifatli tovarlarning ulushi va mikdori, ilg‘or tajriba natijalariga javob beruvchi va alohida xususiyatlari.
Tovar sifatini oshirish - milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, korxona raqobatbardoshligini oshirishning asosiy talabi. Bu vazifani hal qilish ijtimoiy mehnat unumdorligini oshirish, umumdavlat boyligini ko‘paytirish va mehnatkashlarning ehtiyojini qondirishga imkon beradi. Tovar sifatini oshirish har bir tashkiliy korxona va uning bo‘limlarining muhim vazifasidir. Reslublikamizda ishlab chiqarilayotgan tovarlar jahon standartlari talablarini qondira olishi zarur. Mashina va mexanizmlarning texnikaviy darajasini oshirish, mamlakatning ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish, milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida fan va texnika yutuqlarini tobora kengroq, qo‘llashning asosidir.
Tovarlar raqobatbardoshligini ta’minlovchi unsurlar 13.8-rasmda keltirilgan.
13.8-rasm. Tovarlar raqobatbardoshligini ta’minlovchi unsurlar
Firmalar o‘rtasida quyidagi raqobatni o‘zgartirish variantlari mavjud:
Raqib firmalar sonini o‘sish bilan raqobat kuchayadi.
Ko‘pgina katta firmalar boshqa firmaga birlashib lider darajasiga chiqish uchun aniq choralar qabul qilishi asosida raqobat kuchayadi.
Tovarga bo‘lgan talab sekin o‘sganda raqobat kuchli bo‘ladi.
Qachon tarmoqda xo‘jalik yuritish sharoitlari firmani narxini pasaytirishga olib kelsa yoki sotish hajmini oshirishdan boshqa vositalari qo‘llanilsa raqobat
kuchayadi.
Qachon xaridor xarajatlari bitta marka iste’molidan uncha katta bo‘lmagan boshqasiga o‘tayotganda raqobat kuchayadi.
Qachon bitta yoki bir necha firmalar o‘zining bozor ulushidan qoniqmagan bo‘lsa raqobat kuchayadi.
Muvaffaqiyatli strategik qarorlarning foydaning o‘sishi bilan proporsional holda raqobat kuchayadi.
Qachon bozordan chiqish xarajatlari katta bo‘lganda to‘siqlar yuqori bo‘lganda raqobat kuchayadi.
Qachon strategiyalar, resurslar,tashkiliy xususiyatlar, firma missiyalari yuqori darajada farq qiladagan bo‘lsa raqobatning borishini aytish mumkin.
Tarmoq raqobatbardoshligi mazkur tarmoqda ishlab chiqariladigan tovarning raqobatbardoshligiga bevosita bog‘liq. Korxonalar raqobatbardoshligi tarmoqdagi holatga va uning mavqeiga ta’sir ko‘rsatadi, lekin aynan tovarning raqobatbardoshligi, o‘z navbatida, korxonalarning raqobatbardoshligiga bevosita ta’sir ko‘rsatgan holda ular uchun ham hal qiluvchi omil hisoblanadi. Tarmoq va korxona (firma)ning raqobat jihatdan ustunliklari bir-biriga o‘xshash bo‘lib, ular tashqi va ichki ustunliklarga bo‘linadi.
Tarmoq va firmaning tashqi raqobat ustunliklariga quyidagilar kiradi:
mamlakat raqobatbardoshligining yuqori darajasi;
kichik va o‘rta biznesning davlat tomonidan faol qo‘llab-quvvatlanishi;
mamlakat iqtisodiyoti faoliyat ko‘rsatishining sifatli huquqiy tartibga solinishi;
jamiyat va bozorlarning ochiqligi;
mamlakat iqtisodiyotini boshqarishning yuqori ilmiy darajasi;
standartlashtirish va sertifikatlash milliy tizimining xalqaro tizim bilan uyg‘unlashuvi;
fan va innovatsiya faoliyatining davlat tomonidan tegishlicha qo‘llab- quvvatlanishi;
mamlakatni boshqarishni axborot bilan ta’minlashning yuqori sifati;
mamlakat ichida va jahon hamjamiyati doirasida integratsiyalashuvning yuqori darajasi;
mamlakatda past soliq stavkalari;
qulay va arzon resurslarning mavjudligi;
mamlakatda boshqaruv kadrlarini tayyorlash va qayta tayyorlashning sifatli tizimi va boshqalar.
Tarmoq (firma)ning ichki raqobat ustunliklariga quyidagilar kiradi:
tovarga bo‘lgan yuqori ehtiyoj;
jamlash, ixtisoslashuv va kooperatsiyaning optimal darajasi;
boshqaruvning yuqori sifatli axborot va me’yoriy-uslubiy asosi;
etkazib beruvchilarning raqobatbardoshligi;
sifatli xomashyo va boshqa resurslardan foydalanish imkoniyatining mavjudligi;
resurslardan foydalanish samaradorligini optimallashtirish ishlarining bajarilishi;
tub yangiliklarning yuqori darajasi (patentlangan tovar, texnologiyalar, axborot tizimlari va h.k.);
menejerlarning raqobatbardoshligi;
tovarning eksklyuzivligi;
ko‘p ilm talab qiluvchi tovarlar eksportining yuqori ulushi;
raqobatbardosh tashkilotlar va tovarlarning yuqori salmog‘i va boshqalar.
|