• Massaj qilish tartibi
  • Uslubi
  • ,5 OYDAN 1 YILGACHA BO‘LGAN BOLALARDA BAJARILADIGAN MASSAJ VA MASHG‘ULOTLAR




    Download 435.5 Kb.
    bet2/4
    Sana18.10.2023
    Hajmi435.5 Kb.
    #88431
    1   2   3   4
    Bog'liq
    17-mavzu
    DT MI12 Mavlonov Doniyor, avtomobil-yo-llarini-ta-mirlash-va-saqlash-texnologiyalari-ishlarining-asosiy-maqsadi-va-vazifalari, 4-mavzu. Mehnat va ish haqi hisobi Reja, Картага Лотинча номлар ёзиш тартиби, Актуальность управления персоналом, KURS ISHI,MANBASHUNOSLIK, 1680171485, kuch qobiliyatlarini tarbiyalash mto, Qovoqdoshlar Oilasi cucurbi-fayllar.org, Arktika va subarktika tundrasining tuproqlari Reja I. Kirish-azkurs.org, Xalq pedagogikasining maqsad va vazifalari prinsplari, Writing-a-Professional-Letter (1), 1701666274, Untitled
    1,5 OYDAN 1 YILGACHA BO‘LGAN BOLALARDA BAJARILADIGAN MASSAJ VA MASHG‘ULOTLAR


    Fiziologik holat: bu davrda bolalarda bo‘g‘im va mushaklar tonusi oshganligi sababli mushaklar holatini bo‘shashtiruvchi usullar qilinadi. Faol harakatlar bolaning fiziologik tug‘ma reflekslarini inobatga olgan holda bajariladi.
    Massaj qilish tartibi: 1) qo‘llar massaji – silash; 2) oyoqlar massaji –silash; 3) qoringa yotqizish; 4) qorin massaji – silash; 5) tovon va to‘piq – ishqalash; 6) mashg‘ulotlar tovon-boldir bo‘g‘imiga; 7) umurtqa pog‘onasiga mashg‘ulot (reflektor) – yon tomonlariga va har tomonga harakatlantirish; 8) qoringa yotqizish; 9) reflektor emaklash mashg‘ulotlari. Muolaja vaqtida bola qorinda yotadi.
    Uslubi: har kuni bola iliq vanna olishi, muolajalardan va massajchidan yaxshi iliq taassurot qolishi kerak.
    3 dan 4 oygacha davrda qo‘llarning fiziologik gipertonusi yo‘qoladi, ammo oyoq mushaklarining gipertonusi hodisalari hali ham bo‘lishi mumkin. Bo‘yin mushaklarini mustahkamlash uchun bolaning fiziologik holatini o‘zgartirib turish kerak bo‘ladi. Pastki sohalar uchun mashqlardan foydalanishingiz va qo‘llar uchun passiv harakatlarni bajarishingiz mumkin.
    Tartibi: 1) qo‘llar massaji; 2) qo‘llarni chalishtirish (passiv mashg‘ulotlar); 3) oyoqlar massaji (silash, ishqalash, ezish); 4) qorinni o‘ng tomonga qaratish (reflektor harakatlar); 5) orqa massaji (silash, ishqalash, ezish); 6) boshni reflektor harakatga keltirish qoringa yotqizgan holda; 7) qorin massaji (silash); 8) tovon va to‘piq (ishqalash, shapillatish); 9) tovon-boldir bo‘g‘imi (reflektor mashqlar); 10) ko‘krak qismida vibratsion massaj; 11) qo‘l va oyoqlarda passiv mashg‘ulotlar; 12) qoringa chap tomondan aylantirib yotqizish. Massaj muolajalari yotgan holda olinadi.
    Uslubi: bolaning oyoq va qo‘llarini bukishini, har tomonga ag‘darilishini, o‘yinchoqlarga qo‘lini uzatishini va ularni olishga harakat qilishini ta’minlash.
    4 oydan 6 oygacha bola mustaqil o‘tirishga dastlabki urinishlarni amalga oshiradi, shuning uchun gimnastika mashqlari unga yangi ko‘nikma hosil qilishga yordam berishi kerak. Massaj texnikasi asta-sekin yanada murakkab bo‘lishi kerak. Asosiy vazifa – qo‘l mahorati va ta’lim, bolaning navbat bilan tananing holatini o‘zgartirish; emaklash uchun tayyorgarlik; orqa mushaklarni mustahkamlash, bolani ushlab orqaga aylanishini o‘rgatish; tovush signallariga javoban motorikani tarbiyalash, ovoz chiqarib (bir, ikki, uch, to‘rt) sanash ostida harakatlar ritmini saqlab qolish kerak, ritmik musiqani ham kiritish mumkin.
    Usullari: 1) passiv harakatlar orqali qo‘llari bilan o‘zini quchoqlash; 2) oyolar massaji; 3) velosiped uchish va stol ustida yurish harakatlari; 4) qoringa yotqizib orqaning massaji (hamma usullar); 5) qorinda yotgan holda qo‘llarning ishtirokida havoda suzish; 6) qorin massaji harakatlari soat strelkasi bo‘ylab; 7) qo‘llarini ushab ko‘tarish; 8) oyoqning pastki qismlari massaji; 9) qo‘llarni «boks» holida harakatlantirish; 10) oyoqlarni birin-ketin bo‘g‘inlarni bukkan holda harakatlantirish; 11) belda yotgan holda suzish; 12) ko‘krak qismining massaji; 13) bolani orqadan qorniga chap tomondan yotqizish.

    Download 435.5 Kb.
    1   2   3   4




    Download 435.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    ,5 OYDAN 1 YILGACHA BO‘LGAN BOLALARDA BAJARILADIGAN MASSAJ VA MASHG‘ULOTLAR

    Download 435.5 Kb.