• 25-r a s m. Y — xromosomaga birikkan belgining irsiylanishi. 26-r a s m.
  • (27-rasm). Buning uchun konkordantlik va diskordantlik
  • Eshonqulov O. E. va boshq. Genetika: Akad litseylar uchun darslik / A. E. Eshon e 99 qulov, K. N. Nishonboyev, M. Bosimov




    Download 2,96 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet37/89
    Sana27.11.2023
    Hajmi2,96 Mb.
    #106166
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   89
    Bog'liq
    Genetika

    Xarakterli belgilari:
    Irsiylanish golandrik tipda kuzatiladi, ya’ni 
    belgi faqat otadan o ‘g‘liga o ‘tadi 
    (25-rasm).
    VI. Sitoplazm atik irsiylanish
    — mitoxondriya, xloroplastlar va 
    plazmida genlariga bog‘liq. Misollar: odamlarda ko‘rish nervi 
    atrofiyasi, mitoxondrial sitopatiya va boshqalar. Faqat onadan 
    farzandlarga o ‘tadi (o‘g‘illariga ham, qizlariga ham) (26-rasm).
    Egizaklar usuli. Eng qadimgi irsiy tekshirish usullaridan biri 
    bo‘lib, hozirda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Egizaklar 
    monozigotali (bir tuxumli) yoki dizigotali (ikki tuxumli) bo‘lishi 
    mumkin. Monozigotali egizaklar bir xil genotipga ega bo‘ladilar, 
    dizigotalilar genotipida esa o‘rta hisobda 50% genlar o‘xshash 
    bo‘ladi, ularning o‘xshashligi aka-ukalar, opa-singillarga o‘xshaydi.
    Egizaklar usulidan:
    1. Belgining rivojlanshida irsiyat va muhitning rolini aniqlash-
    da;
    2. Belgining irsiy yoki irsiylanmasligini o‘rganishda;
    3. Belgining penetrantligini aniqlashda;


    81
    25-r a s m.
    Y — xromosomaga birikkan belgining irsiylanishi.
    26-r a s m.
    Sitoplazmatik irsiylanish.
    4. Dori preparatlarining samaradorligini aniqlashda foydalani-
    ladi.
    Egizaklar usulini qo‘llashdan oldin ularning mono yoki dizi- 
    gotaligi aniqlanadi. Buning uchun quyidagi tekshirishlardan o ‘tkazi- 
    ladi: 1. Morfologik va fiziologik belgilarni solishtirish 
    (27-rasm). 
    Buning uchun 
    konkordantlik
    va 
    diskordantlik
    tushunchalari keng 
    qo‘llaniladi. Agar belgi egizaklarning har ikkalasida uchrasa konko­
    rdantlik, egizaklarning faqat bittasida uchrasa diskordantlik deyila­
    di. Konkordantlik qancha yuqori bo‘lsa, belgining rivojlanishida


    82
    Genetika
    27-r a s m.
    Monozigotali egizaklar.
    irsiyatning ahamiyati shuncha yuqori bo‘ladi. Konkordantlik va 
    diskordantlik ko‘rsatkichlari qanchalik bir-biriga yaqin bo ‘lsa, bu 
    belgining rivojlanishida muhitning ahamiyati shunchalik katta 
    bo‘ladi (masalan, yuqumli kasalliklar). 2. Immunogenetika usuli — 
    eritrotsitlar antigenlarini (IA, IB, M, N, Rh), qon zardobi oqsillarini
    HLA antigenlarini aniqlashga asoslangan. 3. Dermatoglifika tek- 
    shirishlari. 4. Feniltiokarbamidga sezuvchanligini aniqlash. 5. Teri 
    transplantatsiyasi — eng ishonchli usul.
    Belgining irsiy ahamiyatini aniqlashda quyidagi Xolsinger 
    tenglamalardan foydalaniladi:

    Download 2,96 Mb.
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   89




    Download 2,96 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Eshonqulov O. E. va boshq. Genetika: Akad litseylar uchun darslik / A. E. Eshon e 99 qulov, K. N. Nishonboyev, M. Bosimov

    Download 2,96 Mb.
    Pdf ko'rish