• Immunogenetika
  • Eshonqulov O. E. va boshq. Genetika: Akad litseylar uchun darslik / A. E. Eshon e 99 qulov, K. N. Nishonboyev, M. Bosimov




    Download 2,96 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet45/89
    Sana27.11.2023
    Hajmi2,96 Mb.
    #106166
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   89
    Bog'liq
    Genetika

    jin siy xromatin 
    deb atadilar. Shuning uchun ham bu tanachalarni 
    B arr
    tanachalari 
    deb nomlanadi.
    Jinsiy xromatinni aniqlash usulidan:
    1. Homila jinsini aniqlashda;
    2. Germofroditizmni ekspress aniqlashda;
    3. Geterosom aneuploidiyalarini aniqlashda;


    95
    4. Kriminalistika, sud tibbiyotida foydalaniladi.
    Sitogenetik tekshirishlar tibbiy genetik kabinetlarda va tibbiy- 
    genetik maslahatlarda o‘tkaziladi. Sitogenetik usul ancha murakkab 
    va ko‘p vaqt talab qiladi. Shuning uchun uni vrach genetik tavsiyasi 
    bilan quyidagi holatlarda o‘tkazish maqsadga muvofiqdir:
    > klinik belgilariga ko‘ra xromosoma kasalliklariga gumon tug‘il- 
    ganda (tashxisni tasdiqlash maqsadida);
    > bolada gen sindromlariga aloqador bo‘lmagan tug‘ma nuqsonlar 
    aniqlanganda;
    > homiladorlikda spontan abortlar, o‘lik tug‘ilishlar, rivojlanish 
    nuqsonlari ketma-ket kuzatilganda;
    > reproduktiv funksiya buzilganda (birlamchi amenoreya, bepusht- 
    lik);
    > bolani aqliy va jismoniy rivojlanishini orqada qolishi;
    > prenatal tashxis qo‘yishda;
    > leykozlarda;
    > mutagenezni o ‘rganishda.
    Immunogenetika
    — odam genetikasining bir sohasi bo‘lib, anti- 
    genlar spetsifikligi, irsiylanishi qonuniyatlarini, immunitet reak- 
    siyalarining amalga oshishida irsiyatning rolini o‘rganadi. Bu 
    sohadagi ilmiy ishlari uchun B.Benatsarraf, J.Dosse, D.Snel 1980- 
    yilda Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldilar. Keyingi yillarda irsiy 
    kasalliklarning immunitet sistema bilan bog‘liqligini o ‘rganishda 
    katta muvaffaqiyatlarga erishildi.
    To‘qimalarni ko‘chirib o‘tkazish (transplantatsiya) sohasida 
    olib borilgan tajribalar natijasida XX asrning 40-yillarida to ‘qimalar 
    mosligi bosh kompleksi — M HC (Major Histocompatibility 
    Complex) haqida tushunchalar paydo bo‘ldi. M HC genetik sis- 
    temasi tomonidan nazorat qilinadigan antigenlar immunologik 
    tanishda va immun javobda, hujayralarning o‘zaro ta ’sirida katta 
    rol o ‘ynashi m a’lum bo ‘ldi.
    Keyinchalik M HC ichida faqat to ‘qimalar antigenlarining gen- 
    larigina emas, immun javob kuchini aniqlovchi genlar va limfotsit- 
    lar yuzasidagi retseptor genlari ham joylashishi aniqlandi. Odamda 
    M HC sistemasi HLA (Human leucocyte antigens) deb ataladi. 
    To‘qima antigenlari shubhasiz hamma hujayralarda bo‘ladi, lekin 
    ularni o‘rganish uchun eng qulay obyekt leykotsitlar hisoblanadi. 
    To‘qima antigenlari oqsil va uglevoddan tashkil topgan bo ‘lib, 
    hujayraning plazmatik membranasiga joylashadi.


    96
    Genetika
    Birinchi leykotsit antigeni 1958-yilda J.Dosse tomonidan 
    aniqlangan. I sinf to ‘qima antigenlariga A, B, C guruhlari antigen­
    lari, II sinf to ‘qima antigenlariga esa D guruhi antigenlari kiradi. 
    Hozirda leykotsit antigenlarining har biri ko‘p izoantigenlardan 
    iboratligi aniqlandi, har bir antigen o‘z harfi va raqamlari bilan ifo- 
    dalanadi. Masalan HLA-Al, HLA-A2, HLA-B5, HLA-C1 va 
    hokazolar. Yangi topilgan antigenlar xalqaro ilmiy majlislarda 
    unifikatsiyalanadi. Yangi topilgan antigenlar xalqaro majlislarda 
    tasdiqdan o‘tib, unifikatsiyalanguncha W simvoli bilan belgilanadi 
    Wl, W2, W17 kabi ifodalanadi. Tasdiqdan o ‘tgandan keyin esa 
    rasmiy HLA nomenklaturasi bilan ifodalanadi
    HLA antigenlarini kodlashtiruvchi genlar birikkan guruh hosil 
    qilib 6-autosomaning kalta yelkasiga joylashadi 

    Download 2,96 Mb.
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   89




    Download 2,96 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Eshonqulov O. E. va boshq. Genetika: Akad litseylar uchun darslik / A. E. Eshon e 99 qulov, K. N. Nishonboyev, M. Bosimov

    Download 2,96 Mb.
    Pdf ko'rish