xrom atinni aniqlashdir  (35-rasm)




Download 2,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/89
Sana27.11.2023
Hajmi2,96 Mb.
#106166
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   89
Bog'liq
Genetika

xrom atinni
aniqlashdir 
(35-rasm).
Bu 
usulning afzalligi — uning soddaligi va tez tekshirish o‘tkazib xulosa 
olish mumkinligidadir. Lunj shilliq pardasidan qirib tayyorlangan
35-r a s m.
Ayol hujayralarida jinsiy xromatin.
A —
ayol terisi epidermisi hujayrasining yadrosi: 1 —
kariolemma; 2 —
xro­
matin; 3 —
jinsiy hromatin; b —
neytrofil leykotsiti: 1 —
yadro; 2 —
jinsiy xro­
matin.


93
va epitelial hujayralardan tashkil topgan surtma yoki periferik qon 
leykotsitlari preparati m a’lum bo ‘yoqlar bilan (atsetorsein, lak- 
moid) b o ‘yaladi va mikroskopda ko‘riladi. Jinsiy xromatin 
tanachalarini kamida 100 ta hujayralarda sanab, xromosoma 
to ‘plamida X xromosoma sonini aniqlash mumkin. Tajribada tas- 
diqlangan Layon gipotezasiga asosan to ‘plamda 2 ta X xromosoma 
b o ‘lsa, ulardan bin (tasodifan) reduplikatsiyadan orqada qoladi va 
giperpiknoz holida bo ‘lib jinsiy xromatin tanachasini hosil qiladi.
Bu holat embrional rivojlanishning 16 sutkasidan boshlab kuza- 
tiladi, uning asosida 2 ta xromosomadan birini inaktivatsiyalanishi 
natijasida “genlar dozasi kompensatsiyalanishi” sindromi yotadi. 
Yirik X xromosomada 3000 tagacha genlar mavjud, kichik Y xro­
mosomada esa 230 tagacha genlar bo ‘ladi shuning uchun ham 2 ta 
X xromosomasi bo‘lgani uchun ayollarda faol holatdagi genlar miq­
dori erkaklardagiga nisbatan ikki baravar ortiq bo‘lmasligini ta ’min- 
lash uchun ayollarda 2 ta X xromosomadan bittasining nofaol 
holatiga o‘tishini ta ’minlovchi mexanizm paydo bo‘lgan. Faqat 
urg‘ochi jinsiy bezlarning o ‘zak hujayralaridagina 2 ta faol X xro­
mosoma bo ‘ladi. Agar X xromosomalar soni 2 dan ortiq bo‘lsa, 
(ya’ni XXX yoki boshqa variantlar) jinsiy xromatin tanachalari soni 
ham ortadi, chunki hamma shunday holatlarda faqat I xromosoma 
faol bo‘ladi. Shunday qilib, jinsiy xromatin soniga qarab X xromo­
somalar sonini aniqlash mumkin: X xromosomalar soni n+1 ga tent 
(bunda n jinsiy xromatin tanachalari soni).
Bu usul yordamida odamning jinsini genetik jihatdan tez 
aniqlash (ekspress usul) mumkin (masalan, interseksual holatidagi 
bola tug‘ilganda). Shuningdek, bu usul yordamida X xromosoma­
lar sonining o‘zgarishiga bog‘liq kasalliklarga 

Download 2,96 Mb.
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   89




Download 2,96 Mb.
Pdf ko'rish