Eshonqulov O. E. va boshq. Genetika: Akad litseylar uchun darslik / A. E. Eshon e 99 qulov, K. N. Nishonboyev, M. Bosimov




Download 2,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/89
Sana27.11.2023
Hajmi2,96 Mb.
#106166
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   89
Bog'liq
Genetika

(39-rasm):
yoy — A harfi 
bilan belgilanadi (inglizcha Arch — yoy), sirtmoq — L qarfi bilan 
belgilanadi (inglizcha Loop — sirtmoq), o‘rama — W bilan belgi­
lanadi (inglizcha Whorl — o ‘rama). Yoylar eng kam tarqalgan vari­
ant bo‘lib (6%) triradiuslari bo ‘lmaydi. Uning qirralari barmoq


3
39-r a s m.
Barmoq izlarining turlari. 1 —
(A)-yoysimon, 2 —
(L)-sirtmoqsi- 
mon, 3 —
(W)-aylanasimon.


104
Genetika
yostiqchasini ko‘ndalangiga kesib o ‘tadi. Sirtmoqlar eng ko‘p tar- 
qalgan variant (60% ga yaqin) hisoblanadi. Barmoqning bir 
tomonidan boshlanib ikkinchi tomoniga yetmasdan yana bosh- 
lang‘ich nuqtaga — orqaga qaytadi.
Sirtmoqlarda bitta delta bo‘ladi. Sirtmoq radial tomonga 
ochilsa radial sirtmoq deyiladi (Lr), ulnar tomonga ochilsa ulnar 
sirtmoq deyiladi (Lu).
O‘ramalar o‘rtacha chastotada tarqalgan bo‘lib (34%) konsent- 
rik yo‘nalgan izchalardan tashkil topadi.
O‘ramalarda ikki delta mavjuddir. Yuqorida ko‘rsatilgan uchta 
asosiy chiziqlar shakllardan tashqari boshqa shakllar ham uchray- 
di. Murakkab ikki deltali chiziqlar shakli ham o‘ramalar variantiga 
kiritiladi.
Planetamizda yashaydigan turli millatlar orasida asosiy barmoq 
izlari shakllarining taqsimlanishi har xildir. Mongoloidlarda ikki 
deltali shakllar ko‘p, deltasiz chiziqlar shakllari esa kam uchraydi 
(populyatsiyaning 2 % yaqinida). Aksincha, yevropoidlarda sirtmoq 
va yoy shakllari ko‘p uchraydi. Negroidlarda 75 % ga yaqin sirt­
moqlar, 27 % dan kamroq o ‘rama shakllari uchraydi. Bunday farq-
lar mavjudligi tufayli delta indeksini DL10 = 
a
+
l
+
w
formulasi yor­
damida aniqlab, odamning qaysi etnik guruhga kirishini aniqlash 
mumkin. Masalan, mongoloidlarda DL10 o ‘rtacha olganda = 15,7 
ga, yevropoidlarda (ruslarda) =12,7ga, negroidlarda (yangi Gvi- 
neya) = 16,0 ga, avstraliyali aborigenlarda esa = 17,0 ga tengdir. 
Teri chiziqlarining shakllanishi embriogenezning 10—19 haftalari- 
dan boshlanadi. 20-haftada pushtda teri chiziqlari aniq ko‘rinadi. 
Papillyar relyef shakllanishi nerv tolalarining tarmoqlanishiga 
bog‘liqdir. 6 oydan keyin papillyar relyef to ‘liq shakllanib, keyin 
umrning oxirigacha umuman o‘zgarmasdan saqlanadi. Har xil ta ’- 
sirlar natijasida (kuyish, sovuq oldirish, shikastlanish) teri jarohat- 
lanishidan keyin avvalgi holatdagi papillyar chiziqlar shakli yana 
qaytadan tiklanadi. Faqat jarohatlar juda chuqur bo‘lib, biriktiruv- 
chi to ‘qima chandiqlari hosil bo‘lgandagina avvalgi holat qayta tik- 
lanmaydi.
Daktiloskopiyaning miqdoriy ko‘rsatkichi sifatida umumiy qir- 
ralar soni (UQS) hisoblanadi (qirralar sonini hisoblash uchun 
markazdan deltagacha bo ‘lgan chiziqlar sanaladi). O‘rtacha olgan­
da bitta barmoqda 15—20 qirralar mavjuddir. Hammasi bo‘lib o‘nta 
barmoqda o ‘rtacha olganda erkaklarda umumiy qirralar soni 
144,88 ± 51,08, ayollarda esa 127,23 ± 52,51 ga tengdir. UQS kari-


105
otipda X xromosomalar soniga bog‘liq. Shereshevskiy-Terner sin- 
dromida UQS 180 ga teng, Klaynfelter sindromida — 50, X pen- 
tosomiyada esa 0 ga teng.

Download 2,96 Mb.
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   89




Download 2,96 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Eshonqulov O. E. va boshq. Genetika: Akad litseylar uchun darslik / A. E. Eshon e 99 qulov, K. N. Nishonboyev, M. Bosimov

Download 2,96 Mb.
Pdf ko'rish