|
Eshonqulov O. E. va boshq. Genetika: Akad litseylar uchun darslik / A. E. Eshon e 99 qulov, K. N. Nishonboyev, M. BosimovBog'liq Genetika(18-jadval).
Hozirgi paytda HLA sistemasidan tashqari har xil qon guruh-
lari sistemalari bilan ham irsiy kasalliklar orasida assotsiatsiyalar
(bog‘lanishlar) borligi aniqlanmoqda. Bu esa irsiy kasalliklarning
irsiylanishi, diagnostikasi va profilaktikasini tushuntirish va to ‘g‘ri
yo‘lga qo‘yishda katta ahamiyatga egadir. Xd qon guruhi bilan
Shereshevskiy-Terner va Klaynfelter sindromlari orasida, AVO sis
temasi bilan oshqozon-ichak trakti kasalliklari (yara, yomon sifatli
o ‘sma) orasida, AVO sistemasi bilan lepra orasida assotsiatsiyalar
mavjudligi aniqlangan.
Biokimyoviy usullar. Bu usullardan moddalar almashinuvining
buzilishlariga olib keladigan kasalliklarni aniqlashda keng foy-
dalaniladi. Bunday kasalliklar
molekulyar kasalliklar
deb ham ata
ladi. Hozirda 500 dan ortiq molekulyar kasalliklarni biokimyoviy
usullar bilan aniqlash yo‘lga qo‘yilgan. Bu usulning ustun tomon-
laridan biri shundaki, uning yordamida faqat gomozigotali
holatdagi belgilarnigina emas, balki geterozigotali holatlarni ham
aniqlash mumkin.
Biokimyoviy usullar ancha murakkab bo‘lib, ikkita bosqichda
o‘tkaziladi.
Birinchi bosqich — skrining usuli
bo ‘lib, ko‘p sonli
shaxslarda tekshirish o‘tkazishga asoslangan. Buning uchun qulay,
ko‘p harajat talab qilinmaydigan, tez natija beruvchi ekspress
usullardan foydalaniladi (siydik, qon, so‘lak va boshqalar tekshiri-
ladi)
(38-rasm).
Mikrobiologik testlar
ham yaxshi natija beradi (masalan, b a’zi
99
18-j a d v a l
HLA-A, HLA-B lokuslar antigenlarining yirik etnografik guruhlarda
tarqalishi
(Y.M.Zaretskaya bo‘yicha, 1983)
HLA angigenlari
Fenotipik chastota
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Eshonqulov O. E. va boshq. Genetika: Akad litseylar uchun darslik / A. E. Eshon e 99 qulov, K. N. Nishonboyev, M. Bosimov
|